Tuyamo‘yin suv omboridagi suv sathi “o‘lik daraja”dan ham pastga tushib ketdi
2021 yil fevral oyidan beri Tuyamo‘yin suv omboridagi suv hajmi 4 kub kilometrdan oshmagan. Oxirgi 1,5 yilda bu yerda suv sathi “o‘lik daraja”dan kam yoki shunga teng bo‘lgan.
Markaziy Osiyo davlatlararo suv muvofiqlashtiruvchi komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning iyul oyida Tuyamo‘yin suv omboridagi suv hajmi 4,4-5,2 kub kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida 2,2 kub kilometrgacha yoki 2 barobardan ko‘proqqa kamaygan.
Ketma-ket uch yildan beri suv omborida suv miqdori "o‘lik sath" atrofida tebranmoqda. Eos.com saytidan olingan suratlarda ham suv hajmi sezilarli darajada ozayganini ko‘rish mumkin.
"Tuyamo‘yin suv ombori Orol bo‘yi akvatoriyasini vegetatsiya davrida suv bilan ta’minlashda mintaqa joniga oro kirardi.
Hozir esa vaziyat abgorroq. Uchinchi yildirki, Tuyamo‘yin suv ombori sathi uzoq oylar davomida "o‘lik sathdan" pastda qolib ketmoqda.
Amudaryo o‘rta oqimida turkmanlarga suv chiqib ketish hajmi ham yildan yilga kamayishiga qaramay, quyi oqimda vaziyatni nazorat qilish qiyin kechyapti.
Amudaryo suvining kamayishi oxirgi yillarda tez-tez kuzatilmoqda. 2008, 2011, 2018 va 2021 yillarda daryoda tarixiy kamsuvlilik kuzatilgan. Salbiy tendensiya iqlim o‘zgarishi va mintaqaviy sabablar fonidan yuz beryapti, suvdan noto‘g‘ri foydalanish, eskirgan sug‘orish usullari, aholi soni ortishi, suv omborlar ko‘payishi, yirik kanallarda suv olish hajmining ortishi quyi oqimda vaziyatni og‘irlashtirmoqda”, deb yozmoqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov.
2021 yil fevral oyidan beri suv omboridagi suv hajmi hech qachon 4 kub kilometrdan oshmagan. Oxirgi 1,5 yilning aksariyat qismida suv miqdori o‘lik hajmdan kam yoki shunga teng bo‘lgan.
Tuyamo‘yin suv omboridagi suv hajmi, km3. O‘lik hajm – 2,55 km3.
Oxirgi 60 yillikda Amudaryo quyi oqimida bir qancha salbiy voqealar kuzatilgan:
- o‘tgan asrning 60 yillari. Yirik sug‘orish kanallari qurilishi natijasida Orol dengizining sathi pasaya boshlaydi;
- o‘tgan asrning 80 yillari. Orol yaxlit suv havzasi sifatidagi maqomini yo‘qotadi, maydoni ikki barobar qisqarib ketadi va dengizdagi tirik organizmlar nobud bo‘ladi. Oqibatda Orolqum sho‘rxoklari paydo bo‘ladi;
- XXI asrning boshi. Orol dengizi bir nechta ko‘llarga bo‘lindi, ulardan faqat shimolidagina suv sho‘rligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshi, boshqa joylarida suvning yuqori konsentratsiyasi kuzatila boshlaydi;
- XXI asrning dastlabki yigirma yilligi. Amudaryoning quyi oqimi suv taqchilligidan tobora ko‘proq azob chekmoqda, u yoki bu darajada suv tanqisligi doimiy hodisaga aylandi. Oxirgi 20 yillikda faqat bittagina suv toshqini (2010 yil) kuzatilgan va Orolning sharqiy qismida hech qanday qaytadan ko‘l hosil bo‘lishi ro‘y bermadi.
“Barcha prognozlar Amudaryo quyi oqimida suv taqchilligi yildan yilga og‘irlashishini ko‘rsatmoqda. Keyinchalik quyi oqimidagi vaziyat o‘rta oqimiga o‘tadi. Quyi oqimidagi suv tanqisligi yaqin yillarda kritik nol darajagacha pasayadi va bu afsuski, yashil maydonlarni sug‘orish uchun suv chiqmay qolishiga olib keladi”, deya qo‘shimcha qildi Erkin Abdulahatov.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Belarusda josuslikda ayblangan Yaponiya fuqarosiga hukm o‘qildi
Jahon | 21:35
-
Boks 2028 yilda Olimpiada dasturiga qaytishi mumkin
Sport | 21:28
-
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22
-
Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga ishda sariq ro‘mol o‘rash buyurildi – OAV
Jahon | 21:01
Mavzuga oid

08:11 / 15.09.2023
Tuyamo‘yin suv ombori hajmi qo‘shimcha 1 mlrd kub metrga kengaytiriladi

18:27 / 31.05.2023
Tuyamo‘yin suv omboridagi suv sathi keskin kamayib ketdi. Nima sabab?

12:35 / 13.09.2018