Suv xöjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning joriy etilişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan suv xöjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça kompleks çora-tadbirlar tasdiqlandi.
Markaziy dispetçerlik, kommunikatsiya va kadastr xizmatida suv sarfi va boşqa körsatkiçlar böyiça yagona ma'lumotlar bazasini yaratiş uçun maxsus server, katta videoekran (multi displey), zamonaviy kompyuter, plotter, proyektor, printer va boşqa uskunalar bilan jihozlanadi.
Endilikda Tuyamöyin suv ombori, Ellikqal'a va Böston kanallarida Jahon banki mablağlari hisobidan zamonaviy kuzatuv va boşqaruv tizimi örnatiladi.
BMTning oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti dasturlari amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, suv resurslaridan foydalaniş va ularni boşqariş, şuningdek, suv xöjaligi inşootlaridan foydalanişda zamonaviy mobil ilovalar va veb-sahifalardan foydalaniladi.












