“Özbekiston — 2030” strategiyasi”da suvdan oqilona foydalaniş madaniyatini va suv işlatiş samaradorligini oşiriş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Suv işlatiş samaradorligini 25 foizga oşiriş, qişloq xöjaligi ekinlarini suğorişda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargaça, şu jumladan, tomçilab suğoriş texnologiyasini 600 ming gektargaça yetkaziş bilan boğliq vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Hujjatda qöşni davlatlar bilan suv resurslarini integrallaşgan holda boşqariş, transçegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xöjaligi obektlaridan birgalikda foydalaniş masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettiriş örin olgan.

“Özbekiston — 2030”da melioratsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş natijasida suğoriladigan yer maydonlarida şörlangan maydonlarni 1,7 million gektargaça, kuçli va örta şörlangan suğoriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargaça, yer osti suv sathi muammoli holatda bölgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargaça kamaytiriş belgilangan.

Strategiyada Tuyamöyin suv ombori hajmini qöşimça 1 milliard kub metrga kengaytirib, 1,2 million gektarda suv ta’minotini yaxşilaş va içimlik suvi zaxirasini yaratiş ham nazarda tutilgan. Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1069 nasos va 1079 elektrodvigatel energiya tejamkorlariga almaştiriladi.