Intervyu. Aziz Murtazayev Facebook’ning içki muhiti haqida sözladi
|20:44 / 19.09.201618 99921 min
Likeit.uz sayti Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida tavallud topgan va hozirda Facebook’ning Buyuk Britaniyadagi ofisida işlaydigan Aziz Murtazayev bilan uyuştirgan intervyusini taqdim etdi.
Bundan oldinroq, qozoğistonlik video-blogger Aziz Murtazayev haqida xabar berib ulgurgan va uşbu iqtidorli yigit keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölib ketgandi.
Quyidagi suhbatda Aziz Martazayev haqida yangi va batafsil ma'lumotlardan boxabar böliş mumkin.
Qaçondan beri Facebook’da işlaysiz?
— Facebook bilan eng birinçi kontakt 2014 yilning sentabrida bölgan va suhbatlar 2015 yilning fevraligaça davom etgan. Facebook’ning London ofisida 2015 yil, 14 sentabrda iş boşlaganman.
Facebook’ning qayerdagi ofisi yoki ofislarida, qaysi lavozim yoki lavozimlarda faoliyat olib borasiz, borgansiz?
— Hamma suhbatlardan muvaffaqiyatli ötib bölgandan keyin Kaliforniyadagi boş ofisiga (Menlo Park) işga taklif qilişdi. Facebook’ning Amerikadagi ofisida işlaş uçun iş vizasini (H1B) oliş talab qilinar edi. Bu viza turini oliş judayam qiyin, çunki qança odam topşirişidan qat'i nazar yiliga faqat 65 000 dona viza beriladi.
Men ham şunday viza olmoqçi bölgan yilda 233 000 kişi topşirgan va lotereya asosida 65 000 kişini tanlab olingan.
Men viza olganlar tarkibida bölmaganman, lekin yaxşi hamki, alternativ variant bor edi.
Facebook işga taklif qilganida, “Agar Amerikaga viza berilmasa, Facebook’ning Londondagi ofisida işlaşingiz mumkin böladi”, deb aytilgan edi. Şunday qilib, 2015 yilning sentabridan boşlab Londondagi ofisida işlay boşladim.
Facebook’ga Android operatsion tizimida işlaydigan dasturçi-muhandis bölib işga kirdim.
Eng qiziği Facebook’da muhandislar bir-birining lavozimlarini bilmaydi. Ya'ni sistemada boşqa işçining lavozimini biliş mumkin emas va işçi faqat öz lavozimini köra oladi.
Facebook’ning iş madaniyatiga köra, har xil lavozim — katta muhandis, kiçik muhandis kabilar xodimlar orasida muomalaga sun'iy tösiq yasaydi, deb hisoblanadi. 5 yillik iş tajribasi bor muhandis bilan universitetni endi tugatib, işga kirgan muhandislar bir xil imkoniyatlarga ega.
Mavzuga oid
Facebook’da iş boşlaşingiz qanday bölgan?
— Facebook’ka kirgan hamma işçilar “Bootcamp” deb nomlangan trening dasturini ötib bölib iş boşlaydi.
Bootcamp — bu 5-6 haftalik dastur bölib, işçilar Facebook’ning hamma texnologiyalari bilan tanişib çiqadi va dastur oxirida işçilar istalgan jamoasida iş boşlaşga tayyor böladi.
Facebook’ni boşqa kompaniyalardan ajratib turadigan narsasi — işçilar iş boşlaganining birinçi haftasidayoq Facebook veb-dasturiga özgartirişlar kiritişi mumkin.
Men eng birinçi “commit” — sistemaga özgartiriş kiritiladigan kodni iş boşlaganimga 5 kun bölganida qilganman va bunday holat keng tarqalgan.
Boşlanğiç 3 haftada, Londonda Facebook’ning asosiy texnologiyalari haqida kurslar böldi va oson/örtaça topşiriqlar ustida işladik.
Undan keyin 2 hafta Kaliforniyadagi boş ofisda treningni davom ettirdik va bu safar har kim öz yönalişi böyiça kurslarni davom etdi.
Men Android dasturçi bölib işga olinganimdan keyin, şu operatsion tizim böyiça kurslarni ötdim va Android böyiça topşiriqlarni qildim.
Facebook’ning Android mobil ilovasida oddiy dasturlaşda işlatiladigan texnologiyalardan ança farqli texnologiyalar işlatiladi. Çunki Facebook’ning Android ilovasi standart Android ilovasiga nisbatan ança katta ilova hisoblanadi va standart yondaşuvlar Facebook miqyosida işlamaydi.
Kaliforniyadan qaytib kelgandan keyin jamoa tanlaş bilan şuğullandik. Jamoani işçilar özlari öz qiziqişiga qarab tanlaşadi.
Muhandislar kerak jamoalar öz faoliyati haqida içki veb-saytda e'lon qilib qöyadi va qanday muhandis kerakligini körsatib ötadi (masalan, iOS, Android, generalist).
Bootcamp’ni bitirganlar ularga qiziqqan jamoalar yetakçilari bilan suhbatlar qilib, jamoada qilinadigan iş muhandis qiziqişiga qançalik töğri kelişi, kelmasligini bilib olişi mumkin.
Odatda işga kirgandan keyin 5-8 haftada muhandislar öz jamoasini topib oladi.
Işga kiriş suhbati qanday ötgan?
— Menda işga kiriş jarayoni uç bosqiçli suhbatdan iborat bölgan. Suhbatlarning eng boşidagi tanişuv suhbatidan taşqari hammasini Facebook’ning muhandislari olib borgan.
Eng birinçi suhbat onlayn — Skype orqali bölgan. Onlayn suhbat bir soat davom etgan va unda ilk 10-15 daqiqa oldingi iş tajribam haqida va keyin Android böyiça texnik savollar berilgan.
Undan keyin asosiy qismiga ötdik va berilgan algoritmik masalani 30-40 daqiqa davomida hal qildim. Ya'ni intervyu ötkazayotgan kişi va men köra oladigan onlayn-hujjat oçiladi, şunda men berilgan masala yeçimi kodini yozişim kerak.
Intervyuda kod yoziş, kompyuterda kod yozişdan ança farq qiladi, çunki kompyuterda kod yozganda dasturlaş muhitining har xil qulayliklaridan foydalaniş mumkin.
Şuning uçun ham intervyuga tayyorlanganda algoritmik masalalar yeçimini qoğozda yeçib ham örganiş kerak.
Boşida masalani qanday yöl bilan yeçmoqçiligimni oğzaki tuşuntirib berdim va yeçimining kodini yozişga ötdim.
Kodni yozişda intervyu qabul qilayotgan kişi nafaqat oxirgi natijasiga qaraydi, balki kod yoziş jarayoniga ham e'tibor beradi.
Bu yerda masalani qanday usul bilan yeçilişini aniq tuşuntira oliş, kodni toza yoziş, çekka holatlarni (edge cases) hisobga oliş muhim hisoblanadi.
Masalani yeçib bölgandan keyin 5-10 daqiqa kandidat, ya'ni men intervyu olayotgan kişiga xohlagan savolimni berişim mumkin.
U Facebook’da qandaydir texnologiyaning işlatilişi, kompaniyadagi muhit, kompaniya madaniyati va şunga öxşagan savollar bölişi mumkin. Umuman olganda, birinçi intervyu könglimdagidek bölib ötgan.
Birinçi intervyuning javobi bir hafta ötmasdan keldi va ijobiy natija bölgani haqida menga ma'lum qilişdi.
Keyingi bosqiç, ya'ni ikkinçi onlayn intervyu qilinadigan böldi. Intervyuga yaxşilab tayyorlaniş maqsadida uni bir oydan keyin ötkazişga kelişib oldik.
Ikkinçi intervyu strukturasi xuddi birinçisidagidek böldi.
Boşida Android böyiça savollar berildi va hammasiga yaxşi javob bera oldim. Çunki şu paytga qadar Android bilan 3 yil şuğullanayotgan edim.
Keyin algoritmik masalani yeçişga ötdik. Bu safar birinçi intervyudagidek yaxşi ötmadi va masalani könglimdagidek yeça olmadim.
Mening yeçgan yölimda bir, ikkita çekka holatlarni (edge cases) hisobga olmagan ekanman.
Ikkinçi intervyuning javobi ham tezda keldi. Unda men keyingi bosqiçga ötganim haqida ma'lum qilingandi.
Buni eşitib, juda ham xursand bölganman. Çunki ikkinçi intervtyudan öta olmagan bölsam kerak deb öylagan edim.
Ular meni keyingi bosqiçga çaqiriş/çaqirmaslik qarorini qabul qilişda nafaqat ikkinçi intervyuning natijasiga qaraşgan, balki boşqa omillar ham hisobga olingan.
Oldingi işxonamda qilgan işlarim (Facebook’dan oldin Janubiy Koreyada Samsung Electronics’da işlaganman), meni böş vaqtimda qilgan Android dasturim şular jumlasidan edi.
Ayniqsa, ularga men tuzgan va Google Play’ga joylaştirilgan Android dasturim ma'qul kelgan.
Keyingi (oxirgi) bosqiç Facebook’ning Kaliforniyadagi ofisida bölgan va Seuldan San-Frantsiskoga çiptalar, mehmonxona, ovqat, taksi va şunga öxşaş xarajatlarning hammasini özlari qoplab berişgan.
Oxirgi bosqiç ketma-ket tört intervyudan iborat bölgan. Har bir intervyu bir soat davom etgan.
Tört intervyudan ikkitasida Android böyiça masala berilgan va doskada yeçimining kodini yozganman.
Uçinçi intervyu “system design” böyiça bölgan va unda ham Android’ga boğliq masala berilgan.
Törtinçi intervyuning yarimi algoritmik savol, yarimi “behavioral questions” bölgan, ya'ni men kompaniya madaniyatiga qançalik töğri kelişimni savollar berib tekşirişgan.
Ikkinçi intervyudan keyin “tuşlik intervyu” bölgan, ya'ni bu rasmiy intervyu bölmasa ham, bunda Facebook xodimi bilan tuşlik qilganmiz va şu paytda Facebook haqida xohlagan savol berişim mumkin edi va buning boşqa intervyularga ta'siri bölmagan.
Seulga qaytib borganimdan keyin bir hafta ötmasdan ulardan ijobiy javob kelgan va menga iş taklifini berişgan.
Men ikkilanmasdan bu taklifni qabul qilganman va öşa paytda özimni juda ham baxtli sezganman.
— Bizning ofisimiz juda ham noodatiy va u yerda xodim özini noqulay his qilmasligi va turli xil maişiy savollarga çalğimasligi uçun barça şaroit yaratilgan.
Kompaniya xodimlari uçun bepul, uç mahal ovqat beradi. Xodim tongda işga kelgaç, uni turli xil meva, salat, şarbat, tuxumning turli körinişi va boşqa bir qança narsalardan qilingan nonuşta kutadi.
Tuşlikda esa eng köp turdagi ovqatlar beriladi va har kim xohlaganini ta'biga qarab tanlaşi mumkin.
Har bir ovqat maxsus belgiga ega. Bu esa ovqatlanişda biror çeklovga ega kişilar özlariga mos ovqatni tanlaşlarida yordam beradi. Masalan, kimdadir yonğoqqa allergiya bölişi, kimdir vegetarion bölişi mumkin.
Şuningdek, har bir ovqat uç xil rang bilan belgilanadi. Agar yaşil bölsa, bemalol köp yeyiş mumkin. Masalan, turli salatlarni.
Qizil bölsa, köp yeyiş tavsiya etilmaydi. Masalan, mol göşti. Bular xodimlarning soğligini öylab qilingan. Ovqat hajmi esa çeklanmagan.
Sariq rang esa qizil va yaşil örtasini bildiradi.
Bundan taşqari, har doim turli xil pişiriqlar, şokolad, muzqaymoq, şirinliklar va içimliklar mavjud böladi.
Vaqti-vaqti bilan xodim işdan çalğişi va işga yangi kuç bilan qaytişi uçun har xil öyin xonalari bor. Ularda ping-pong, stol futboli, PS4, Xbox öynaş yoki çolğu asboblaridan foydalaniş mumkin.
Facebook’da iş grafiki juda erkin. Bu yerda xodimning işda ötkazgan vaqtini hisoblaş sistemasi yöq. Bu esa xodim ofisdan taşqarida işlaşi ham mumkinligi uçun şunday.
Har bir xodimning öz noutbuki bor va ba'zida uydan işlaş ham mumkin. Bu normal holat hisoblanadi.
Çorşanba esa majlislar bölmaydigan kun deb qabul qilingan. Xodimlar şu kuni işga umuman kelmasliklari va uydan işlaşlari mumkin.
Kasallik uçun ta'til olişda çeklov yöq. Agar kasallansangiz, şunçaki menejyerni ogohlantirib qöyiş yetarli. Kasal bölib qolganda işga çiqmaslik va qahramonlik körsatmaslik tavsiya qilinadi.
Xodimlarga işoniş darajasi juda hayratlanarli va kompaniyaning qaraşlariça, xodimlarning özi qaçon işlaganlari foydali bölişini yaxşi bilişadi.
Doimiy tarzda Mark Zukerberg bilan savol-javoblar sessiyasi (Q&A session) ötkazilib turiladi. Unda xodimlar kompaniya faoliyatiga oid özlarini qiziqtirgan va xavotirlantirgan savollarni berişlari mumkin.
Bu xodimlar öz fikrlarini berişlari va top-menejment fikrini bilişlari uçun ajoyib imkoniyat.
London ofisida (Kaliforniyadagi boş ofisdan taşqari barça ofislarda ham) Free Lunch Wednesday va BFF dasturlari mavjud.
Har çorşanba ofisdan taşqarida istalgan restoranda 5 kişidan kam bölmagan xodimlar bilan birga borsa böladi va bunda har bir xodimga 25 funtgaça xarajati qoplanadi.
Şu bilan birga har bir xodim kino, teatr, muzey, konsertga boriş kabi biror tadbir uyuştirişi mumkin. 5 kişidan kam bölmagan bunday jamoalarning har bir a'zosining ham 25 funtgaça xarajati kompaniya tomonidan qoplanadi.
Bu boşqa jamoalardagi xodimlar bilan tanişiş uçun yaxşi imkoniyat va u jamoalar örtasidagi muloqot yaxşilanişiga xizmat qiladi.
Tez-tez xakatonlar ötkazilib turiladi. Ular kun böyi davom etadi va unda odatiy işdan boşqa ideyalar ustida işlaş mumkin.
Şunday xakatonlar sabab, Facebook uçun yangi va qiziq loyihalar yuzaga keladi.
Qayerlarda öqigansiz?
— Maktabni tugatgaç, Özbekiston Milliy universitetining “Iqtisod” fakultetiga öqişga kirganman.
Umuman olganda, öqişga kirgunça iqtisod haqida heç qanday tuşunçaga ega bölmaganman. Hal qiluvçi faktor esa öqişga kiriş fanlarini yetarliça yaxşi bilişim bölgan.
Men matematika bilan şuğullanganman va ingliz tilini yaxşi bilganman. Öşa paytda bu fanlar bilan oliy ta'lim dargohiga kiriş mumkin bölgan sohalar içida iqtisod eng qiziqarlisi deb öylaganman.
Taxminan uçinçi kursda iqtisod umuman mening soham emasligini his qila boşlaganman. Gumanitar fanlardan köra menga aniq fanlar köproq ma'qul edi.
Keyin esa kursdoşlarimiz bilan bitta markaz talabalarni tekinga dasturlaşga öqitişi haqida bilib qolganmiz va özimizni sinab körişga qaror qilganmiz.
Bu markaz “Yoş dasturçilarni tayyorlaş va qöllab-quvvatlaş markazi” deb nomlangan va unda .NET platformasi asosida dasturlaşni örgatişgan.
3 oy davomida darslardan söng, haftasiga 5 kun, kuniga uç soatdan şu markazga qatnaganmiz. Menga dasturlaş juda yoqqan va yomon çiqmagan.
Öquv kurslari tugagaç, yakuniy loyihamni topşirganman va markaz hamkorlik qiladigan kompaniyalardan biri — NetDec’ga işim ma'qul kelib, meni amaliyot ötaşga çaqirgan. U yerda yarim yil işlaganman.
Universitetni bitirganimda, öqişni tugatganimdan söng kim bölib işlaşim haqida heç qanday şubham qolmagan edi.
Şundan söng ikki yil Toşkentdagi Muransoft kompaniyasida işladim va keyin Janubiy Koreyaga magistratura öqiş uçun jönab ketdim.
Magistraturani rivojlangan davlatlardan birida öqişni juda orzu qilganman va turli xil Yevropa universitetlariga ham hujjatlarimni topşirganman.
Software Engineering yoki Computer Science böyiça magistraturada öqişni juda xohlaganman. Lekin bakalavr diplomim iqtisod böyiça bölgani bois, köplab universitetlar qabul boşida meni rad qilişgan.
Keyin esa Janubiy Koreya universitetlariga hujjat topşirişga harakat qilib körganman. Va baxtimga, bitta universitet, töğriroği şu universitetning professorlaridan biri meni öqişga qabul qilişga rozi bölgan va men Suvon şahridagi Adjou universitetiga kirganman.
Computer Engineering fakultetida öqiganman. U yerda olingan nazariy bilimlarim kompyuter ilmidagi probellarim örnini töldirişda katta yordam bergan.
Kasbingiz qanday, nimalar qilgansiz, qaysi dasturlaş tillarida işlaysiz?
— Janubiy Koreyadagi universitetni bitirgaç esa özim öqigan şahar — Suvondagi Samsung Electronics’da iş boşladim.
Işga kirişda bölgan intervyulardan birida mendan Samsunğda nima bilan şuğullanişga qiziqişim haqida söraşdi. Men esa ikki xil sfera: Android’da dasturlaş va tizim taqsimoti (Distributed Sytsems) deganman.
Yakunda esa Samsung smartfonlarining foydalanuvçi interfeysini işlab çiqadigan jamoadan örin egallaganman. U yerda Android’da işlaganmiz va Java’ni asosiy dasturlaş tili sifatida foydalanganmiz.
Hozir ham Facebook’da Android böyiça işlayman va Facebook Lite mahsuloti ustida işlayman.
Şuningdek, öz loyihalarimda avval Python dasturlaş tilidan ham foydalanganman.
Qaysi tillarni bilasiz va ular Facebook’da işlaşingizda qanday imkoniyatlar yaratmoqda?
— Xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini bilaman. Janubiy Koreyada ham uzoq payt ingliz tilida muloqot qilganman.
Koreyadaligimda koreys tilini ança örgandim, ammo hozir deyarli işlatmasligim sabab esimdan çiqmoqda.
Facebook’da rusça gaplaşadigan xodimlar köp. Ular asosan Rossiya va Ukrainadan. Biz özaro rus tilida muloqot qilamiz.
Biroq, rus tilida suhbatlaşadigan xodimlar bizning jamoamizda yöq. Agar bölganida işlaş osonlaşardi. Lekin hamma ingliz tilida yetarliça yaxşi gaplaşa oladi.
Mahalliy tillardan esa qoraqalpoqça (ona tilim) va özbekçani bilaman, qozoqçani tuşunaman.
Qayerliksiz? Bolalikdagi orzularingiz? Masalan, dasturçi bölişni orzu qilgandirsiz va unga qanday erişgansiz?
— Men Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida tuğilganman va katta bölganman. 37-litseyning matematikaga çuqurlaştirilgan sinfida maktabni yakunlaganman.
Şaroitlar bölsa ham, heç qaçon dasturçi bölaman deb öylamaganman. Bolaligimda otam şanba kunlari meni işiga olib borgan va şunda birinçi marta kompyuter nima ekanligini bilganman.
Öşanda asosan faqat kompyuter öyinlarini öynaganman va MS-DOS hamda Windows haqida biroz örganganman. Keyinçalik esa uyimizda kompyuter bölgan va unda turli xil dasturlardan foydalanişni örganganman. Ammo dasturlaş bilan qiziqmaganman.
Kelajakda kim bölişim haqida bolalikda öylamaganman. Menga maktabdagi ma'lum fanlar, ayniqsa matematika juda yoqqan.
Kelajak rejalaringiz qanday?
— Qisqa qilib aytganda, Facebook’da işlab turganimda, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan iloji boriça köproq foydalanişni xohlardim. Bunday imkoniyatlar esa quyidagiça:
a) Texnik bilimlar: Android, Java va biz bu yerda foydalanadigan texnologiyalarni çuqurroq örganiş. Özim hamda boşqalarni doimiy öqitiş;
b) Dasturiy mahsulot yaratiş: Bu yerda mahsulot işlab çiqarilişiga yondoşişlari juda yoqadi. Bitta loyiha ustida UX Researcher, Data Scientist, Designer, Content Strategist, Product Specialist va boşqa platforma (Android, iOS, web) dasturçilari birgalikda işlaşadi.
UX Researcher mahsulot foydalanuvçi tomonidan qanday foydalanişi ustida işlaydi, Data Scientist esa mahsulot foydalanilganidan ma'lumotlarni analiz qiladi va hisoblaydi, Designer esa foydalaniş interfeysi (User eXperience)ni qiladi va mahsulot bilan mosligi (User eXperience)ni tekşiradi, Content Strategist mahsulotda foydalanilgan sözlarga javob beradi, dasturçilar loyihaning qiyinligini baholaydi va taxminlar beradi. Keyin esa işlab çiqiş boşlanadi.
Ular bilan işlab, mahsulot qanday tayyorlanişi haqida tasavvur uyğonadi. Bu esa babaho tajriba. Jarayon esa köpçilik kompaniyalarda deyarli bir xil.
Şuningdek, bu yerda barça qarorlar şunçaki qabul qilinmasligi, aniq hisob-kitoblar (metrikalar) asosida bölişi menga yoqadi.
Masalan, Product Manager, “Menga şu versiya yoqdi, u yaxşi körinmoqda, şuni işga tuşiramiz” – deya olmaydi.
Aniq hisob-kitoblar bölişi zarur. Masalan, bu versiya video körişlar sonini oşirdi yoki yuklanişi 10 foizga tezlaşdi, kabi ma'lumotlar bölişi kerak va şundan söng yangi versiyani işga tuşiriş mumkin.
c) Professional aloqalar: Bu yerda juda aqlli muhandislar va turli soha, turli şaharliklar bilan işlaş mumkin. Ulardan köp narsa örgansa böladi va bu kelajakda boşqa loyihalarda hamkorlik qiliş imkonini beradi.
Facebook’da menga yana ham köproq narsalar örganiş mumkinligi yoqadi. Qaçondir Facebook’ni tark etiş kerak bölsa, men özimni katta darajaga çiqiş istagida bölgan kiçik kompaniya, biror startapda sinab körişni xohlardim.
Facebook’da qilinayotgan yangiliklar haqida bölişa olasizmi?
— Afsuski, biz yangi loyihalar haqida gapira olmaymiz.
Facebook’dan biror yordam bera olasizmi? Umuman sörab turişadimi?
— Facebook foydalanuvçilarining ma'lumotlaridan foydalanişlariga qattiq e'tibor beradi. Bu esa xodimlarga juda taalluqli.
Agar xodim vakolatini buzib, foydalanuvçilarning öziga berilmagan ma'lumotlarini qarasa, kompaniya uçun avval qilgan xizmatlari ham inobatga olinmay, darhol işdan böşatiladi.
Özingiz Facebook haqida nimalarni sözlaşni xohlaysiz?
— Facebook kabi top-texnologik kompaniyalarda işga qabul qiliniş yetarliça tayyorgarlik bilan töliq real hodisa ekanligini aytişni xohlardim.
Intervyu jarayoni köplab texnologik kompaniyalarda bir xil. Asosan intervyularda nomzodlar uçun algoritmik savollar beriladi va ularga oldindan tayyorlaniş mumkin.
Şaxsan özim uçun bunga tayyorlaniş 4-5 oy vaqt talab etgan va sarflangan vaqt özini oqlagan.