23:10 / 11.04.2020
215403

Koronavirusning yangi simptomlari ma'lum qilindi

Uhandagi 214 nafar bemor haqidagi ma'lumotlarni o‘rgangan mutaxassislar bemorlarning 36 foizida va og‘ir bemorlarning 46 foizida nevrologik simptomlar bo‘lganini aniqladi.

Foto: EPA/UPG

Xitoyda koronavirusga chalinganlarning bir qismida tayanch-harakatlanishda muammolar va nutq buzilishi kuzatilgan. Bu haqda JAMA Neuology nashrida chop etilgan tadqiqot natijalarida ma'lum qilindi.

Uhandagi 214 nafar bemor haqidagi ma'lumotlarni o‘rgangan mutaxassislar bemorlarning 36 foizida va og‘ir bemorlarning 46 foizida nevrologik simptomlar bo‘lganini aniqladi. Bular orasida miyada qon aylanishining buzilishi, ongning xiralashuvi va mushaklarning zaiflashishi kabi holatlar bor. 

Bemorlar shuningdek, ilgariroq ma'lum bo‘lgan harorat ko‘tarilishi, yo‘tal va bosh og‘rishidan shikoyat qilgan.

Avvalroq olimlar koronavirus yuqqanidan so‘ng uning alomatlari nechanchi kuni paydo bo‘lishini hisoblab chiqishgandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni bir yarim million kishidan oshgan, 93 ming kishi vafot etgan.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top