14:33 / 04.03.2020
1
15428

Superliga o‘yinlari uchun hakamlarga qancha mablag‘ to‘lanishi ma'lum bo‘ldi

2020 yilgi Superliga bahslarida faoliyat olib boruvchi uchrashuv hakamlarining har bir o‘yin uchun oladigan mablag‘ miqdori 2019 yilga nisbatan o‘zgarishsiz qoldirildi.

Foto: Tribuna.uz

 O‘zbekiston Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalarni o‘tkazish reglamentiga binoan, Superliga o‘yinlari bosh hakamiga PFL tomonidan har bir uchrashuv uchun 3 million so‘m miqdorida, qanot hakamlariga esa 1,5 million so‘mdan haq to‘lanadi. 2019 yilda ham referilarga xuddi shuncha miqdorda pul to‘langan.

 O‘zPFL komissarlari, inspektorlar va hakamlarga Superliga, U-21, U-18, kubok uchrashuvlari, Pro-liga, Birinchi liga, ayollar futboli va futbol maktablari uchrashuvlaridagi hakamlik hamda inspektorlik qilish bilan bog‘liq xizmatlari uchun to‘lovlar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

 2020 yilda hakamlar uchun har bir o‘yinga to‘lanadigan haq miqdori:

 Ayollar futboli uchun

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top