Bugun, 27 oktabr kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga sönggi öyinlaridagi hakamlarning xatolari muhokama qilindi. Unda ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, hakamlar qömitasi vakili Valentin Kovalenko, ÖFA hakamlar qömitasi raisi Erkin Baxtiyorov iştirok etib, jurnalistlar qarşisida hakamlarning Superliga sönggi turlaridagi bahsli vaziyatlarini tahlil qilib, savollarga javob berişdi.

Jurnalist, hakamlar iştirokidagi yiğiliş boşlanişidan avval, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov yiğilganlar oldida sözga çiqib, Superliga sönggi turlarida röy berayotgan turli voqealarga oydinlik kiritiş, vaziyatlarni birgalikda muhokama qilib, mutaxassislar tomonidan hakamlar qarorlarini tuşuntiriş maqsad qilinganini aytib ötdi. Şu bilan birga u yaşiradigan heç narsa yöqligini, ÖFA hakamlar qömitasi istalgan vaziyatni oçiq muhokama qilişga tayyorligini bildirdi.

Foto: ÖFA

«Çoyxonaga borasan, yurasan, işing qolib ketadi. Men öyingaça 3 kun uxlay olmasdim». Ravşan Ermatov hakamlarni tanqid qildi

ÖFAda ötkazilgan Superliga öyinlaridagi hakamlarning bahsli vaziyatlari böyiça muhokamada taşkilot birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov hakamlarni öz ustida köproq işlaşga çaqirib, ularni tanqid qildi.

«Oşing halol bölsa, köçada ye», deyişadi. Heç kimdan yaşiradigan, berkitadigan narsamiz yöq. Xato bölsa, xatoni tuşuntirib berişimiz kerak. Butun dunyoda öyin davomidagi jarayonlarda xatolar kuzatiladi. Angliya, Ispaniya, Italiya çempionatlarida ham har turda xatolar muhokama qilinadi. Sönggi JÇ-2018da 23ta öta qöpol xato kuzatilgan. Dunyoning top hakamlari şunday xatoga yöl qöygan. Hamma öylaydiki, bularning xato qilişga haqqi yöq deb. Ular ham inson, xato qilişga haqqi bor. Adaşib qolişi mumkin. Top hakamlar xato qilayotganda, bular top darajaga çiqişiga hali ança bor. Xafa bölişmasin, yuziga aytaman buni.

Foto: ÖFA

Çunki kerakli darajada özini qiynamayapti, ustida işlamayapti, tahlilga jiddiy yondaşmayapti. Agar öz hayotini bağişlasa, umuman boşqa saviyada bölardi. Hayotingni öz işingga bağişlamasang, natija bölmaydi. Çoyxonaga borasan, yurasan, işing qolib ketadi. Men öyindan uç kun avval jamoalarni, futbolçilarni örganmasam uxlay olmasdim. Öyindan keyin ham uxlolmasdim, toki qayerda qanday qaror qabul qilganimni tahlilini bilmasam. Agar bunaqa yondaşuv bölsa, ertaga natija bölmaydi. Bu masalani birinçi yoki ikkinçi marta emas, doim gapirib kelyapmiz», - deydi ÖFA birinçi vitse-prezidenti.