Sportdagi ğirrom hakamlar: Roy Jons olimpiada oltin medalini qanday boy bergandi?
|18:49 / 07.10.202332 51211 min
Sportda yozilmagan qoida bor. Xalqaro musobaqalarda hakamlar mezbon davlat sportçilariga yon bosişadi. Şunday holat 6 oktyabr kuni Osiyo öyinlarida qatnaşayotgan özbekistonlik sportçi bilan sodir böldi. Hakamlar undan oltin medalni tortib olişdi. Professional boksda dovruq qozongan amerikalik Roy Jons 1988 yilda ötkazilgan olimpiadada şunday adolatsizlikka duç kelgandi. Hakamlar u olişi kerak bölgan oltin medalni mezbon boksçiga topşirişgandi.
Foto: alamy.comFoto: alamy.com
Hammamizga ma’lum, bir neça kundan buyon Xitoyning Hangjou şahrida Osiyo öyinlari-2022 musobaqalari ötkazilmoqda. Bu musobaqalarda farqli Özbekiston sportçilari bu safar ham ança muvaffaqiyatli qatnaşmoqda.
2023 yil 6 oktyabr holatiga köra sportçilarimiz 20 ta oltin, 18 ta kumuş va 26 ta bronza medallarini qölga kiritib, jamoaviy hisobda beşinçi örinda bormoqda.
2023 yil 6 oktyabr kuni slalomda eşkak eşiş böyiça yarimfinal va final bosqiçlari ötkazildi va unda qiziq holat kuzatildi. Bellaşuv davomida mezbon sportçi xatoga yöl qöydi va unga 50 soniya jarima ballari yozildi.
Xitoylik sportçi marraga birinçi bölib yetib kelgan bölsa ham, beşinçi öringa tuşib ketdi. Natijada marraga ikkinçi bölib yetib kelgan özbekistonlik sportçi Anvar Klevleyev ğolib deb topildi.
Osiyo öyinlari sayti uni ğolib sifatida körsatdi. Özbekiston milliy olimpiya qömitasi ham Anvar oltin medalni qölga kiritgani haqida xabar berdi.
Anvar Klevleyevning birinçi örinni olgani haqidagi xabar
Biroq köp ötmay hakamlar bellaşuv vaqtida mezbon sportçiga yozilgan 50 soniyalik jarima ballarini bekor qilişdi va u yana birinçi öringa qaytarildi.
Özbekiston delegatsiyasi hakamlarning bu qaroriga apellyatsiya berdi. Vaziyat videosida ham xitoylik sportçi qizil tösiqni aylanib ötmaganini köriş mumkin edi, ammo hakamlar natijani boşqa özgartirişmadi. Şu tariqa hakamlar mezbon sportçiga yon bosişdi va Anvar Klevleyevning oltin medali tortib olindi.
Jahon sporti tarixida bunday hodisalar juda köp sodir böladi. Hatto hakamlarning mezbon sportçilarga yon bosişi yozilmagan qoidaga aylanib qolgan desa ham mubolağa bölmaydi.
Bir misol, Xitoyda ötayotgan musobaqalarda indoneziyalik sportçilar 6 oktyabr holatiga 7 ta oltin, 11 ta kumuş va 18 ta bronza medallarini qölga kiritişdi va umumiy hisobda 13-örinda borişmoqda.
2018 yil Osiyo öyinlari Indoneziyada ötkazilganda bu mamlakat sportçilari 31 ta oltin, 24 ta kumuş va 43 ta bronza medallarini qölga kiritib, umumiy hisobda 4-örinni (!) qölga kiritişgan edi.
Mavzuga oid
2018 yilda Osiyo öyinlari Indoneziyada ötkazilgan va unda mezbonlar hakamlar yordami bilan ança yaxşi natija körsatişgandi.
Indoneziya bu safar röyxatning pastki örinlarida bormoqda
Öşanda indoneziyalik sportçilarning köp medal olişlariga hakamlar ham «hissa qöşişgandi». Bu safar şu iş mezbon Xitoy sportçilari bilan davom etyapti.
Jahon sportidagi hakamlarning yon bosişlari bilan boğliq eng şov-şuvli hodisalardan biri 1988 yilda Seulda ötkazilgan olimpiada öyinlarida sodir böladi.
Boks musobaqalaridan birida finalga amerikalik Roy Jons va mezbonlar vakili Pak Si Xun çiqadi. Bellaşuvda koreyalik sportçi Royning zarbalariga zörğa çidaydi.
Biroq oxirida hakamlar mezbon sportçini ğolib deb topişadi. Öşanda örtadagi hakam Pak Si Xunning qölini kötarganda uning özi ham nima bölayotganini tuşunmay bir muddat dovdirab qoladi. Amerikaliklar apellyatsiya berişadi, biroq oltin medal baribir koreyalik sportçida qoldiriladi.
Seul olimpiadasining oçiliş marosimi
Hodisadan avvalgi vaziyat
SSSR parçalanib ketgunça boşqa sport turlarida bölgani kabi boksda ham amerikalik va sovet boksçilari özaro raqobat olib borişardi. Orada bu raqobatga kubalik boksçilar qöşilib turişgan.
Öşa paytlarda SSSRda professional boks bölmagan. Şu sababli professional boksda gegemonlik qilgan amerikaliklar sovetlarni yengiş zavqini tuya olişmasdi.
Biroq sovet boksçilaridan ortda qolmaslik uçun havaskor boksga ham katta e’tibor qaratişardi. Olimpiada öyinlari, jahon çempionatlari asosan AQŞ va SSSR boksçilari örtasidagi janglar bilan qiziqarli edi.
1988 yilda Seulda ötkazilgan olimpiada öyinlarida ham AQŞ va SSSR sportçilari örtasidagi raqobat davom etadi. Öşanda faqat uç davlat – AQŞ, SSSR va Janubiy Koreya boksçilari barça vaznlar böyiça bellaşişadi. Kuba negadir öz boksçilarini Seulga yubormaydi.
Musobaqalarda sovet boksçilari ança muvaffaqiyatsiz qatnaşadi va ulardan bor-yöği ikki nafari finalgaça yetib keladi. Amerikaliklardan esa olti nafar boksçi finalga çiqadi.
Yakunda amerikaliklar uçta oltin, uçta kumuş, ikkita bronza medaliga ega çiqadi. Sovet boksçilari esa bitta oltin, bitta kumuş va ikkita bronza medalini qölga kiritadi.
Şu tariqa, asosiy raqiblardan biri bölgan kubalik boksçilar qatnaşmagan musobaqada sovet boksçilari amerikaliklardan ança ortda qolib ketadi.
Hodisa tafsilotlari
Seul olimpiadasida 71 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi finalda amerikalik 19 yoşli Roy Jons va mezbon sportçi Pak Si Xun özaro bellaşadi.
Öşa paytlarda havaskor boksçilar boşga himoya şlemi kiyib çiqişar va musobaqa uç daqiqadan uç raund davom etardi. Bellaşuv davomida Royning raqibidan ança kuçliligi bilinib qoladi.
U birinçi raundda raqibiga 20 ta aniq zarba beradi. Koreyalik boksçining esa bor-yöği uçta zarbasi nişonga tegadi.
Ikkinçi raundda Jons 39 ta, raqibi 15 ta aniq zarba beradi. Uçinçi raundda Jonsning 36 ta zarbasi raqibiga tegadi. Koreyalik boksçi 14 ta aniq zarba beradi xolos.
Uç raund hisobiga köra Roy juda katta farq bilan ğalaba qozonişi aniq edi. Biroq raqibiga töxtovsiz zarba yöllagan bölsa ham bellaşuv söngida hakamlar mezbon boksçini ğolib deb topişadi.
Seulda hakamlar mezbonga yon bosgan on.
Roy Jons şohsupaning ikkinçi poğonasida
Örtadagi hakam qölini kötarganda Pak Si Xun bir muddat hayron bölib dovdirab qoladi. Öşanda Royning otasi ham tomoşabinlar orasida edi va öğlining haqsizlik qurboni bölganini körib turardi.
Roy va Pakning bellaşuvini SSSR, Vengriya, Urugvay, Uganda va Marokaş davlatidan kelgan hakamlar baholaşgandi. Keyin ma’lum bölişiça, ikki hakam ğalabani Royga, yana ikki nafari Pakga bergan. Bir durrang qayd etgan. Oxir-oqibat örtadagi hakam ğoliblikni mezbon sportçiga berib yuborgan edi.
Öşanda Roy va Pak örtasida bölib ötgan jangni butun dunyo kuzatadi va köpçilik hakamlarning qaroridan hayron böladi.
Jang tugagandan söng koreyalik boksçi tarjimon bilan Royning oldiga keladi. Jang ğolibi Roy bölganini aytib, undan keçirim söraydi. Biroq hakamlar qarori özgarmasdan qoladi.
Mezbon sportçi jangdan söng Roy Jonsdan keçirim söraydi.
Uşbu bellaşuvdan söng amerikaliklar xalqaro olimpiya qömitasiga arz qilişadi. Qömita «aybini» yuviş uçun Royga olimpiada musobaqalarida texnik jihatdan eng mahoratli bölgan boksçilarga beriladigan Val Berker kubogini taqdim etadi. Biroq bu amerikaliklarni qoniqtirmaydi.
Köp ötmay AQŞ boks federatsiyasi tomonidan Havaskor boksçilar xalqaro assotsiatsiyasiga Roy va Pak jangini baholagan hakamlar pora olgan bölişi mumkinligi haqida şikoyat yöllaşadi.
Biroq assotsiatsiya şikoyatni rad etadi. Bunga sabab qilib, şikoyat jang tugagandan söng 30 daqiqa içida berilişi lozimligi, biroq amerikaliklar uni keçiktirib bergani körsatiladi.
Assotsiatsiya prezidenti Anvar Çoudri vaziyatni şarhlab, «Agar amerikaliklar şikoyatni vaqtida berişganda ham u rad etilardi. Çunki jang hakamlarining koreyaliklardan pora olişgani haqida isbot yöq» deydi.
Oradan yillar ötib, 1996 yilda AQŞ boks federatsiyasi Xalqaro olimpiya qömitasiga hakamlar sotilganini tan oliş va amerikalik sportçiga oltin medalni qaytariş böyiça yana şikoyat kiritadi. Qömita şikoyatni körib çiqadi va uni qanoatlantirmaydi.
Biroq keyinçalik, Havaskor boksçilar xalqaro assotsiatsiyasi Seuldagi holat boşqa takrorlanmasligi uçun janglarda boksçilarga oçko beriş tizimini özgartiradi.
Seul olimpiadasi tugagandan söng Roy Jons professioanal boksga ötib ketadi.
Roy Jonning porlaşi
Roy Jon köp ötmay professional boksga ötib ketadi. U dastlabki jangini 1989 yil 6 may kuni ötkazadi va ğalaba qozonadi. Şundan söng Royning ğalabali seriyasi boşlanib ketadi va barça raqiblarini yenga boşlaydi.
1993 yil 22 may kuni Roy IBF (International Boxing Federation) yönalişida çempionlikni qölga kiritadi. Şungaça u 20 ta jangning barçasida ğalaba qozongandi.
Roy şundan keyin ham ğalabali odimini davom ettiradi va köp ötmay IBF yönalişida mutlaq çempionga aylanadi. Şundan söng u boşqa bir yönaliş WBC (World Boxing Council) çempioni bilan jangga çiqadi va yutqazib qöyadi.
Oradan köp ötmay Roy avvaliga WBC, söng WBA (World Boxing Association), IBO (International Boxing Organization) yönalişlarida ham çempion böladi va törtta yönaliş ğolibi sifatida jahonning mutlaq çempioniga aylanadi.
Şundan söng Roy törtala yönalişda ham öz çempionlik kamarlarini himoya qiliş uçun köplab janglarga çiqadi va ularning aksariyatida ğalaba qozonadi.
Roy Jons törtta yönalişda ham çempion bölib, jahonning mutlaq çempioni böladi.
Roy ilk alamli mağlubiyatni 2004 yil 15 may kuni Antonio Tarverdan qabul qiladi. Öşanda Antonio uni nokautga uçratgandi. Roy birdaniga uçta yönalişning çempionligini yutqazadi.
Roy 2003 yil 8 dekabr kuni ötkazilgan birinçi jangda Antonio ustidan ğalaba qozongandi. Biroq ikkinçi jangda yutqazadi. Oradan bir yarim yil ötib, 2005 yil 1 oktyabr kuni ötkazilgan jangda u Antonioga yana yutqazadi. Ularning yöli ringda boşqa kesişmaydi.
Roy keyinçalik özini tiklab oladi va yana köplab janglarni yutadi. Bir neçta yönaliş böyiça kamarlarni qölga kiritadi. 2018 yilda 49 yoşli Roy navbatdagi jangini ötkazib, ğalaba qozonadi va faoliyatini töxtatişini e’lon qiladi.
Roy professional boksda jami 76 ta jang ötkazadi va undan oltmiş oltitasida ğalaba qozonadi, öntasida mağlubiyatga uçraydi. Ğalabalarning qirq yettitasida raqiblarini nokaut bilan yengadi.
Roy Jons 54 yoşga kirdi Foto: alamy.com
Keyinçalik Roy Jons Seul olimpiadasidagi ğirromlik haqida şunday degandi:
«Öşanda hakamlarning nohalol işidan juda qattiq xafa bölgandim. Hayotimdagi boşqa qaytib kelmaydigan eng yaxşi imkoniyatni qöldan çiqardim deb öylardim. Jang tugagandan söng avvaliga koreyalik boksçi kelib uzr söradi va jangda men ğalaba qozonganimni aytdi. Söng Olimpiya şaharçasiga köplab koreyaliklar kelişdi va ğirrom hakamlik uçun uzr söraşdi. Garçi vatandoşlari ğalaba qozongan bölsa ham, muxlislarning nohalol hakamlikni hazm qila olişmagani meni juda tölqinlantirib yuborgandi. Keyinçalik ham bir neça bor ğirrom hakamlarga duç keldim. Biroq eng alamlisi Seulda bölgan edi».