16:05 / 08.01.2022
7276

Pokistonda qor ko‘chkisi oqibatida 20 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi

Mingga yaqin mashina qor ostida qolib ketgani aytilmoqda. 

Foto: Naveed Siddiqui via DAWN

Pokistonning Murri shahrida qor ko‘chkisi natijasida 20 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi, deb xabar berdi BBC .

Ular o‘tirgan avtomobillar qor ostida qolib ketgan.

Mahalliy hukumatning ma’lumotiga ko‘ra, hozircha 21 kishining o‘limi tasdiqlangan.

Mingga yaqin mashina qor ostida qolib ketgani aytilmoqda. 

Qayd etilishicha, oxirgi kunlarda Murri shahri hududiga 100 mingdan ortiq avtomobilda turistlar g‘ayrioddiy kuchli qor yog‘ishini tomosha qilish uchun kelishgan. 

Top