13:02 / 31.01.2023
17229

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Usmon Sharifxo‘jayev / Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, Usmon Sharifxo‘jayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

  • Temur Komilov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Dilshod Kenjayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Uzoq Begimqulov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Alisher Ubbiyev maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Anorboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Nodir Musliddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Ibrohim Jo‘rayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Vahob Rajabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi negizida tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangi rahbari Hilola Umarova bo‘lgandi. U bungacha prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida edi.

Mavzuga oid
Top