15:37 / 16.02.2023
23102

Rossiyaning turar joyga zarbalari, frontdagi ukrain jangchilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 357-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Jurnalist Mariya Ponomarenko Mariupoldagi drama teatrida tinch aholi vakillari halok bo‘lgani to‘g‘risida yozgan posti tufayli  Rossiya armiyasi haqida dezinformatsiya tarqatishda aybdor deb topildi va olti yil muddatga qamaldi.
  • Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Ukraina nazoratida qolgan Pokrovsk shahrini o‘qqa tutdi. Tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi yaralangan.
  • Mikolayiv oblastining Snigirevka shahrida Rossiya qo‘shinlari istilosi vaqtida o‘ldirilgan 27 kishining jasadi topildi (shahar 2022 yil mart oyida Rossiya qo‘shini tomonidan bosib olingandi, 10 noyabr kuni esa Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etildi. Ukraina prokuraturasi jasadlarda zo‘ravonlik alomatlari aniqlanganini ma’lum qilgan — o‘q va portlashdan olingan jarohatlar.
  • Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov prezident Zelenskiyning iltimosiga ko‘ra lavozimida qolishini ma’lum qildi.
  • Moskva oblastida muddatli xizmatga chaqirilgan 20 yoshli Sergey Gridin Ukrainaga yuborilishi haqida xabar topganidan so‘ng o‘zini o‘ldirdi. U o‘limi oldidan xat yozib qoldirgan, unda «begona joyda va begonalar qo‘lida halok bo‘lgandan ko‘ra o‘z vatanida o‘lim topishga qaror qilgani» haqida aytgan.
  • Davlat dumasi Vladimir Putinning 21 fevral kungi Federal yig‘ilishga murojaatnomasidan keyin «shoshilinch» choralar qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Ammo gap safarbarlikning ikkinchi to‘lqini haqida ketmayotgani aytilgan.

Donetsk oblastida ukrain dengiz piyodalari tanklari 

Rossiya qo‘shini Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etmoqda — so‘nggi haftalarda Ukraina qo‘mondonligi va G‘arbdagi harbiy tahlilchilar RF armiyasining Donbassda katta hujum boshlashini kutmoqda, ammo bu amaliyot allaqachon boshlanib ketgan bo‘lishi ham mumkin. RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi muvaffaqiyatlar haqida xabar bermoqda — Ukraina tomoni rossiyaliklarning hujumlari qaytarilayotganini xabar qilmoqda.

Ukrainalik dengiz piyodalari T-64 tankini jangga tayyorlamoqda
John Moore / Getty Images
Ukrainalik dengiz piyodalari o‘z bo‘linmasi tank pozitsiyasining yerosti bunkerida
John Moore / Getty Images
Ukraina armiyasi jangchilari T-80 tankida o‘z qismining o‘rmondagi pozitsiyasiga qaytmoqda
John Moore / Getty Images
Ukraina tanklari gusenitsalarining dala maydonida qolgan izlari
John Moore / Getty Images

Pokrovsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

15 fevral tongida Rossiya qo‘shini Donetskdan 70 kilometr masofada joylashgan va Ukraina kuchlari nazoratida qolgan Pokrovsk shahrini o‘qqa tutdi. Zarbalar shaharning janubi-sharqiy qismidagi «Solnechnyy» mikrorayoniga kelib tushgan — ko‘p kvartirali uylardan biri qariyb butkul vayron bo‘lgan. Kechqurun Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralangani haqida xabar berdi. 

Zarbaga uchragan bino hududida ishlayotgan qutqaruvchilar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Pokrovsk aholisi vakillari qutqaruv amaliyoti borishini kuzatmoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda o‘qqa tutilgan turar joy binosidan olib chiqilgan mahalliy aholi vakili
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar turar joy xarobalarini tozalamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi ukrain artilleriyachilari

Donetsk oblastining Baxmut shahri 2022 yil yozidan buyon eng qaqshatqich janglar ketayotgan joy bo‘lib qolmoqda. 15 fevral kuni Kiyevda Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bilan birga matbuot anjumani vaqtida Volodimir Zelenskiy qamalda qolayotgan shahardagi vaziyat haqida shunday dedi:

[Baxmut] qal’asi — omon. Men jonli odamlar, jonli devorni nazarda tutyapman. Bu bizning davlatimiz tarixidagi shunday qimmatga tushayotgan urush. Ammo odamlar sabot bilan mudofaalanmoqda. Ular qal’ani saqlab turish Ukraina barcha hududlarini deokkupatsiya qilish uchun zarurligini tushunishadi. Ular joyida mustahkam turishibdi, o‘z vazifalarini ado etishmoqda va dushmanlarni maksimum miqdorda yo‘q qilishmoqda.

«Xolodnyy Yar» nomli 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning ukrainalik harbiysi minomyotdan Rossiya pozitsiyalari tomon o‘t ochmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Minomyotni o‘qlayotgan ukrain harbiysi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain artilleriyachilari dam olish chog‘ida
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Minomyot snaryadlarining bo‘shagan konteynerlari
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top