Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jurnalist Mariya Ponomarenko «feyklar» uchun 6 yilga qamaldi
Mariya Ponomarenko Rossiya armiyasining harakatlari haqida dezinformatsiya tarqatishda aybdor deb topildi. Olti yillik qamoq jazosidan tashqari, unga shu muddatga jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish ham taqiqlangan.
Barnaul sudi RusNews onlayn-OAV jurnalisti Mariya Ponomarenkoni Rossiya armiyasining harakatlariga oid «feyklar» (Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 2-qismi) tarqatganligi uchun olti yilga ozodlikdan mahrum qildi. 15 fevral, chorshanba kuni RusNews Telegram-kanalida xabar qilinishicha, xuddi shu davrda unga jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish ham taqiqlangan.
«Televizorda Ukraina tomondan «uringlar» degan chaqiriqlarni ko‘rsam, biznikilarning «uringlar» degan chaqiriqlarini ko‘rsam, tushunmayman. Biz yigirma birinchi asrdamiz. Tosh asrida yashamayapmiz. Nega Chechenistonni 90-yillarda qo‘yib yubormadik? Sizlar qo‘shnilarning xuddi shunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, o‘zingizda buni taqiqlayapsiz. Bu ikkiyuzlamachilik», deya ma’lum qildi Mariya Ponomarenko so‘nggi so‘zida.
Jurnalistga nisbatan jinoiy ish 17 mart kuni 1,6 ming obunachi bo‘lgan Telegram-kanalida e’lon qilingan post sababli qo‘zg‘atilgan. Rasmiylarning da’vosiga uning «Tsenzury net» Telegram-kanalida Ukrainaning Mariupol shahridagi teatrda yashiringan odamlar haqida yozgan postlari sabab bo‘lgan.
Aprel oyi oxirida Sankt-Peterburg sudi Ponomarenkoni Rossiya qurolli kuchlari harakatlariga oid «feyk» xabarlar tarqatish ishi doirasida tergov izolyatoriga jo‘natdi. Sentabr oyida jurnalist qamoqda bo‘lganida o‘z joniga suiqasd qilgan. RusNews xabariga ko‘ra, u klaustrofobiyadan aziyat chekadi, shuningdek, shaxsiyatning isterik buzilishi tashxisi qo‘yilgan.
Noyabr oyida sud Ponomarenkoni uy qamog‘iga o‘tkazdi. Shu yilning yanvar oyi oxirida qiz kechasi uydan chiqib, o‘zi ichki ishlar bo‘limiga kelgan. RusNews xabariga ko‘ra, uy qamog‘i shartlarining buzilishiga uydagi noqulay vaziyat sabab bo‘lgan – u kvartirasida uy qamog‘ida bo‘lgan sobiq eri bilan janjallashgan. Jurnalist sudga olib borildi va unga nisbatan yana tergov izolyatoriga joylashtirish ehtiyot chorasi tanlandi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025