Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azalkentda qotillikda gumon qilingan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida Toshkent shahar Olmazor tumanida qotillik sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlarni mashinadan chiqarib, yerga yiqitgani aks etgan video tarqaldi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, video 26 iyun kuni Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida tasvirga tushirilgan.
Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir etilgan qotillikda gumon qilingan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davom etayotgani bois, voqea yuzasidan batafsil ma’lumot oshkor qilinmaydi, deya qo‘shimcha qildi IIV vakili.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
15:49 / 21.01.2026
“Ishonch yo‘qligi sabab ulardan qahramon yasashdi” – faollar Taftish.uz ishi haqida
13:00 / 21.01.2026
Ichki ishlar idoralari xodimlaridan qanchalik rozisiz?
19:53 / 16.01.2026