Sarmoyador, bloger va tadbirkor Jyeyms Altusher turli toifadagi insonlar bilan til topishish haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Menga baqirishganida, men qo‘rqaman. Sababi bu men nimanidir noto‘g‘ri qilganim va buning evaziga haqqoniy ravishda gap eshitayotganimdan darak beradi.
Atrofdagilarga tahdid qilishga o‘rganib qolganman. Bu yaxshi taktika emas.
Kishilarni tushunishga o‘rganish talab etildi – ular qanday bo‘ladi, ularga qanday ta'sir ko‘rsatish va buni yaxshilash usullari bormi.
1. Baxtli insonlar

Ba'zi insonlar hayotdan juda ham ko‘ngillari to‘lgandek tasavvur uyg‘otadi. Go‘yoki ularni hech narsa tashvishga solmaydi.
Ular mening jahlimni chiqarishgan, sababi men nima uchun ular xursand bo‘lishayotganini tushunmasdim. Ehtimol, men ularga hasad qilgandirman.
Ehtimol, ular badavlat, go‘zal va mendan yaxshiroq bo‘lishgani uchun baxtli bo‘lgandirlar.
Biroq, ko‘pchilik aytganidek “baxtli bo‘lishni istasang – shunchaki baxtli bo‘l”.
Men boshqalar uchun ham quvonish kerak ekanini har doim o‘zimga eslatib turaman. Bilmadim, hammada ham bu osonlik bilan kechadimi. Menda – aniq yo‘q. Buning uchun o‘z ustida ishlash kerak, hamda buni har kuni qilish lozim.
2. Baxtsiz kishilar

Uysizlarga qarash og‘ir. Yoki yaqin insoningiz kasalxonaga yoxud do‘stingiz qamoqqa tushganini bilish ham.
Men bunday muammolar bilan qanday kurashish lozimligini ko‘p paytlarda bilmayman. Ba'zida bu odamlardan shunchaki yuz burib ketganman.
Biroq achinish – mashq qildirib borish kerak bo‘lgan mushak kabidir. Kimningdir hayotini o‘zgartirishning eng yaxshi usuli – yordamga haqiqatdan ham muhtoj kishiga yordam berish.
Achinish tuyg‘usini mashq qildirish – bu eng yaxshi fitnes.


















