Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun 8 yil kerak - olimlar

Foto: Getty images
Illinoys universiteti psixologlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, odamlarga sobiq juftlariga nisbatan hissiy bog‘liqlikdan to‘liq xalos bo‘lish uchun o‘rtacha 8 yil vaqt talab etiladi. Ushbu natijalar Psychology Today nashrida e’lon qilindi.
Tadqiqotda 328 nafar katta yoshli inson ishtirok etgan. Ularning o‘rtacha yoshi 30 bo‘lib, ishtirokchilarning 57 foizi ayollardan iborat bo‘lgan. Barcha qatnashchilar kamida ikki yil davom etgan va yakunlangan romantik munosabatlarni boshdan kechirgan. Ularning o‘rtacha munosabatlari 4,6 yil davom etgan bo‘lib, o‘rtacha 5 yil oldin yakunlangan.
Ishtirokchilarga sobiq juftlari haqidagi fikrlari va hissiyotlari haqida savollar berilgan. Jumladan, ular sobiq juftlari bilan vaqt o‘tkazishni yoqtirish yoki ular bilan o‘zlarini xavfsiz his qilish-qilmasliklari haqida so‘zlab berishgan. Shuningdek, ular yangi munosabatlarga kirgan-kirmaganliklari va kimning tashabbusi bilan o‘zaro munosabatlar yakunlangani haqida ham ma’lumot berishgan.
Olimlarning statistik tahlillariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sobiq juftga bo‘lgan hissiyotlar to‘liq so‘nib boradi. Ya’ni, deyarli barcha odamlar vaqt o‘tishi bilan sobiq juftlarini sevishni to‘xtatadilar.
Biroq, bu bog‘liqlikning yarmini yo‘qotish uchun o‘rtacha 4,18 yil talab etiladi. Demak, to‘liq unutish 8 yil davom etadi. Ayrim ishtirokchilar esa ko‘p yillar o‘tgach ham sobiq juftlariga nisbatan begonalarga qaraganda kuchliroq hissiyotlarni saqlab qolgani kuzatilgan.
Tadqiqot yana shuni ham ko‘rsatganki, yangi munosabatlar yoki ishtirokchining jinsi hissiyotlarning tez so‘nishini keskin tezlashtirmaydi. Bunga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil sobiq juft bilan muloqotni davom ettirish bo‘lgan. Qanchalik ko‘p aloqa saqlansa, bog‘liqlik shunchalik uzoq davom etgan.
Shuningdek, tashvishga ko‘milib yuradiganlar sobiq juftlariga uzoqroq bog‘lanib qolgan. E’tiborli jihati shundaki, sobiq juftdan farzandlar bo‘lishi emotsional bog‘liqlikni kuchaytirgan, biroq bu bog‘liqlik farzandsiz juftliklarga qaraganda tezroq yo‘qolgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43
-
Tramp: Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
Jahon | 22:32
-
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
Jamiyat | 22:09
-
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi
O‘zbekiston | 22:04
Mavzuga oid

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

21:06 / 16.12.2024
Ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar pandemiya darajasiga yetdi – tadqiqot

18:36 / 20.09.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi

07:33 / 24.07.2024