Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Loyiha bilan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilash nazarda tutilgan.
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) deganda vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilash va ularga O‘zbekiston Respublikasining ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlariga ega bo‘lgan shaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilishi tushuniladi.
Xorijiy davlatlarda kasb-hunar va oliy ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) hamda tegishli guvohnoma berish bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihada nazarda tutilishicha, xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta ta'lim (9-sinf) bosqichidan keyin 10, 11 va undan yuqori sinflarni tugallamasdan kelgan fuqarolarning ta'lim hujjatlari (ma'lumotnoma yoki baholar tabeli)ni tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tegishli komissiyalar tomonidan ariza va ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi, uning notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi asosida murojaat qilingan kundan boshlab eng ko‘pi bilan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:















