8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:03 / 07.09.2018 6578

Qozog‘istonlik 7 sportchi doping sababli sportdan chetlashtirildi

Qozog‘iston milliy antidoping markazining ma'lum qilishicha, dopingga qarshi kurash qoidalarini buzgani uchun 2014 yilda 24 oyga sportdan chetlatilgan velopoygachi Viktor Okishev endi 8 yilga sportdan chetlatildi. Uning organizmidan taqiqlangan eritropoetin moddasi topilgan.

Shuningdek, og‘ir atletikachi Robert Karnauxov va yengil atletikachi Veronika Broslavskayaning tahlili natijalari ularning taqiqlangan preparatlar iste'mol qilganligini ko‘rsatdi hamda sportchilar 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Bundan tashqari, suzuvchi Riat Jumagulov, yengil atletikachilar Yevgeniya Fondyushina, Aleksandr Lyax, Igor Kondratev ikki yilga sportdan chetlatilgan.
Avvalroq Seuldagi 1998 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Kristian Shenk taqiqlangan preparatlar iste'mol qilganini tan olgandi.

Top