09:16 / 11.09.2018
5462
Turkiya Suriya bilan chegarasiga harbiy texnika joylashtirmoqda
Foto: Osman Orsal / Reuters

Turkiya armiyasi Idlib viloyatidagi tarang vaziyat sababli Suriya bilan chegarasiga harbiy texnika joylashtirmoqda. 

Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, Suriya bilan chegaradosh Kilis viloyatiga zirhli texnika va artilleriya kolonnalari tortilmoqda. Bunday chora chegarani mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Taxminlarga ko‘ra, Anqara shu yo‘l bilan Idlibdagi jangovar harakatlar vaziyatida u  yerdan yangi qochqinlar kelishini to‘xtatishga urinmoqda. Hozirda Turkiyada 3 mlndan ko‘proq suriyalik qochqin bor va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat qochqinlarni boshqa qabul qila olmasligini aytgan.

Turkiya prezidenti matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, chegaradagi qo‘shinlar, shuningdek, Idlibga havo va quruqlikdan hujum amalga oshirilishi vaziyatida “Rossiyani ushlab turishi” kerak.

Top