8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:28 / 24.10.2018 22491

«Qiynoqqa solingan». MRB direktori Qoshiqchi ishi bo‘yicha audioyozuvlarni eshitmoqchi

Foto: REUTERS

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jina Xaspel saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq ish yuzasidan audioyozuvlarni olishga harakat qilmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Agentlikning xabar berishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori audioyozuvlarni eshitib ko‘rmoqchi. Qayd etilishicha, ularda Qoshiqchining qiynoqqa solinishi va o‘ldirilishi bo‘yicha tegishli tovushlar yozib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRB direktori Qoshiqchi ishini tergov qilish uchun Turkiyaga borishi xabar berilgandi.

NBC telekanalining Amerika razvedkasidagi yuqori lavozimli vakilga asosan xabar berishicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xaspel Turkiyaga borib, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda ishtirok etadi. 

Top