12:06 / 01.03.2019
42040

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi oshdi

Foto: ru.sitara.com

Toshkent hayvonot bog‘ida 1 martdan kirish chiptalari narxi oshdi. Bu haqda hayvonot bog‘i saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, kommunal xizmatlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshganligi munosabati bilan Madaniyat vazirligining 2019 yil 25 fevraldagi xatiga hamda Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasining 2019 yil 27 fevraldagi ko‘rsatmasiga asosan, 2019 yil 1 martdan Toshkent hayvonot bog‘i kirish chiptalarining narxi oshgan.

Yangi narxlar quyidagicha belgilandi:

7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - bepul;

7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun - 10 000 so‘m;

kattalar uchun - 15 000 so‘m;

muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun - 10 000 so‘m;

yoshga doir nafaqadagi shaxslar uchun - 10 000 so‘m;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - bepul.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hayvonot bog‘ida «Akvanarium» va «Safari park» tashkil qilinishi xabar berilgandi.

Top