Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot boğlari faoliyatini yanada takomillaştiriş, moddiy-texnika bazasini yaxşilaş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan hayvonot boğlarini yanada rivojlantiriş hamda ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça “Yöl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Fanlar akademiyasi, Toşkent şahar, Surxondaryo va Farğona viloyati hokimliklari:
Toşkent va Termiz hayvonot boğlari obektlarini quriş, ularni rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş hamda uning infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş çoralarini köradi;
Toşkent va Termiz hayvonot boğlarida zamonaviy zoologik laboratoriya va zoomuhandislik ilmiy majmuasini taşkil etiş çoralarini köradi;
Toşkent hayvonot boği tarkibida davlat xususiy şerikçiligi şartlari asosida “Akvanarium”, “Safari park” hamda veterinariya laboratoriyasini taşkil qiliş böyiça asoslantirilgan takliflar işlab çiqadi;
Toşkent hayvonot boği hududidagi obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş doirasida:
Toşkent şahar hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmaçi etib;
“ÖzşaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi — boş loyihaçi etib belgilanadi.
Toşkent şahar hokimligi belgilangan tartibda:
2019-2020 yillarga Toşkent hayvonot boği obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş böyiça loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilişini;
hayvonot boğidagi obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş işlarini bajariş uçun pudrat taşkilotlari sifatli aniqlanişini ta'minlaydi.
Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Özbekiston Respublikasining 2020 yilgi Investitsiya dasturi mablağlari doirasida tanlov natijasiga köra iqtisod qilingan mablağlar hisobidan Samarqand hayvonot boği loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş uçun zarur bölgan mablağlarni ajratiş;
belgilangan tartibda ekspertizadan ötkazilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida hayvonot boğini quriş va jihozlaş işlarini Özbekiston Respublikasining kelgusi yillar investitsiya dasturiga kiritadi.
Samarqand viloyati hokimligi Quriliş vazirligi bilan birgalikda Samarqand hayvonot boğini taşkil etişda zarur muhandislik transport infratuzilmalarning mavjudligi, ekologik şaroit, şamol esiş yönalişi, yer osti suvlarining sathi, katta suv havzasining yaqinligi va uning suvidan foydalaniş imkoniyati, belgilangan hududda umumiy sanitariya-veterinariya holatlar kabi jihatlarini e'tiborga oladi.
Hayvonot boğlarini quriş va jihozlaş böyiça moliyalaştiriş manbai etib – Özbekiston Respublikasi davlat budjeti, xomiylik xayriyalari va investitsiya mablağlari belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegişli manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hayvonot boğlari faoliyatiga oid quyidagi me'yoriy hujjatlarini işlab çiqadi va tasdiqlaydi:
hayvonot boğlarining namunaviy nizomi va ştatlar jadvali;
hayvonlarni oziqlantiriş me'yorlari;
hayvonot boğlarining veterinariya-sanitariya va zootexnika talablari;
hayvonlarni xalqaro talablarga mos bölgan volerlarda saqlaşni közda tutuvçi talablar;
hayvonlarga xizmat körsatiş me'yorlari;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hayvonot boğlarida faoliyat körsatuvçi yordamçi va texnik xodimlarni moddiy rağbatlantiriş va ularning oylik iş haqi miqdorini oşiriş çoralarini köradi.
Şunday tartib örnatiladiki, 2019 yilning 1 iyulidan boşlab hayvonot boğlarining xizmat körsatişdan tuşgan barça mablağlarning 60 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlaşga hamda qolgan 40 foizi hayvonot boğlari xodimlarini ijtimoiy himoya qiliş va ularni moddiy rağbatlantirişga sarflanişi nazarda tutiladi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegişli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
çet el tajribasini örganib çiqqan holda hayvonot boğlari tizimiga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etiş va ularni malakali mutaxassislar bilan ta'minlaş;
hayvonot boğlari moliya-xöjalik faoliyatini şaffoflaştiriş, daromad manbalarini kengaytiriş va tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qiliş;
hayvonot boğlarida turli tadbirlarni ötkaziş hamda ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib boriş;
hayvonot boğlari bazasida qimmatbaho va noyob hayvon turlarini sun'iy çatiştiriş hamda yangi juftlarni şakllantiriş, kolleksiyalarning tur tarkibini genetik yangilaş uçun noyob va yöqolib borayotgan hayvonlarni zamonaviy seleksiya va inkubatsiya texnologiyalariga ravon ötiş çora-tadbirlarini amalga oşiriş orqali hayvonot boğlari kolleksiyalarini boyitiş va kelgusida ularning xorijiy davlatlardagi hayvonot boğlari bilan ayirboşlaş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Fanlar Akademiyasi hayvonot boğlarini mahalliy hayvonlar bilan töldirişda yaqindan amaliy yordam körsatadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qömitasi tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hayvonot boğlari ehtiyojlari uçun zarur bölgan ozuqa, yem, vitaminlar, veterinariya va biologik vositalarni işlab çiqarişni mahalliylaştiriş çoralarini köradi.
Madaniyat vazirligi va Toşkent şahar hokimligining 2024 yilda Toşkent hayvonot boğining 100 yilligini keng nişonlaş hamda uning doirasida Yevropa va Osiyo hayvonot boğlari va akvariumlari assotsiatsiyasi (“YeARAZA”)ning kengaytirilgan yiğilişini ötkaziş böyiça takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy sayyohlarning turistik marşrutlariga respublikadagi hayvonot boğlarini kiritiş çoralarini köradi.
Hayvonot boğlaridagi barça kommunal tölovlar (gaz, elektr va suv) aholi iste'moli uçun belgilangan narxlarda tölanişi tatbiq etiladi.
Kommunal tölovlardan iqtisod etilgan mablağlar hayvonot boği moddiy texnik bazasini mustahkamlaş hamda hayvonlarni saqlaşga yönaltiriladi.












