15:45 / 02.04.2019
158376

Manba: Surxondaryo viloyati hokimi ishdan olindi

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Baxtiyarovich Po‘latov lavozimidan ozod etildi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatida yig‘ilish o‘tkazgan va ushbu yig‘ilish yakuniga ko‘ra B.Po‘latov ishdan olingan.

Ma'lum qilinishicha, 2017 yildan buyon viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan To‘ra Abdiyevich Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Foto: Yoqutiston axborot agentligi

Bahodir Po‘latov 2018 yilning yozida Samarqand viloyati hokimligiga o‘tkazilgan Erkinjon Turdimov o‘rniga Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

U 2014-2016 yillarda Farg‘ona viloyati prokurori, 2016-2017 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Qashqadaryo viloyati prokurori, 2018 yilda Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan.

Hozircha uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 5-10 aprel kunlari ilk bor xalqaro baxshichilik san'ati festivali o‘tkaziladi. 

Bundan avvalroq, I Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga bag‘ishlab boysunlik hunarmandlar tomonidan dunyoda eng katta so‘zana tikilgani xabar qilingandi.

Top