Surxondaryoda bölib ötadigan I Xalqaro baxşiçilik san'ati festivaliga bağişlab boysunlik hunarmandlar tomonidan dunyoda eng katta sözana tikildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 20 nafar çevar tomonidan nozik did, yuksak mahorat bilan yaratilgan uşbu san'at namunasining uzunligi 25, eni esa 6 metrni, oğirligi 60 kilogrammni taşkil etadi.

Mohir kaştadözlar tomonidan tikilgan uşbu sözana olti oy davomida yaratildi. Tinimsiz mehnat mahsuli hisoblangan kaştaçilik namunasini yaratiş uçun vohani aks ettiruvçi turli yorqin rangdagi 16 kilogramm ipaklardan foydalanildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 

Sözanani tikişda vohaga xos bölgan qadimgi kaştaçilikning töldirma yönalişidan foydalandik, — dedi hunarmand Nilufar Jörayeva. — Uning markazida tasvirlangan 5 ta gullarning har birining (kaştaçilikda oylar deb yuritiladi) aylana diametri 2, atrofidagi kiçik 14 ta gullarning har birining diametri 1 metrni taşkil etadi. 

Sözana tikiş avvalida uning çizmasini (gullarni çiziş) tayyorlaş zarur. Bu jarayon kaştadözdan eng muhim e'tibor talab etadi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 

Gullar markazdan öng va çap tomonga qarab çiziladi. Bunda har bir detallar matematik ölçov asosida çizib çiqiladi. Alvon matoga tuşirilgan gullar çizmasini mohir tikuvçilar 6 kun mobaynida tayyorlaşdi. Undan söng çizmalarni ipak orqali töldirma uslubida tikiş, astarlaş, qaviş va mağizlaş jarayonlari ham ança murakkabdir.

Surxon milliy urf-odat va qadriyatlari va qadimiy an'analarini özida mujassam etib kelayotgan sözanalar xalqimizning boy madaniy merosi hisoblanadi. Xalq amaliy-bezak san'ati turlaridan biri hisoblangan kaştalik yönalişini saqlab qoliş, kelajak avlodga yetkaziş barçaning birdek vazifasi bölişi zarur.

Festival oldidan köpçilikka namoyiş etiladigan uşbu sözanani yaqin kunlarda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiş uçun mutaxassislarini taklif etiş rejalaştirilgan, deyiladi xabarda.