15:12 / 02.05.2019
11102

MRBning sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilmoqchi bo‘lganini tan oldi

Foto: REUTERS

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Jyerri Li Xitoyga maxfiy ma'lumotlarni yetkazishga uringaniga iqror bo‘ldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi bayonotida ma'lum qilindi.

"Men XXR hukumatiga berish maqsadida axborot yig‘ish uchun til biriktirganman", - dedi Li Virjiniya shtati sharqiy sudida.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Gonkongning 54 yoshli fuqarosi katta pul evaziga Xitoy so‘ragan ma'lumotlarni to‘plagan va saqlagan. AQSh huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan suhbatda o‘z daromadlari va safarlari to‘g‘risida yolg‘on ma'lumot bergan. 

The Washington Post gazetasining yozishicha, razvedka Li MRBning Xitoydagi barcha manbalarini oshkor qilgan, "ularning ayrimlari o‘ldirilgan" deb hisoblamoqda.

Adliya vazirligining bildirishicha, Li MRBda 13 yil ishlagan va 2007 yilda boshqarmani tark etgan. U shuningdek, AQSh armiyasi veterani hamdir.

Top