17:23 / 05.07.2019
55669

UZMOBILEdan abonentlar uchun noyob takliflar: «chiroyli raqamlar» endi barcha uchun!

UZMOBILE eng qaynoq mavsumda GSM va CDMA standartidagi tarmoqlari abonentlari uchun 2 xil qoyilmaqom aksiyalarni taklif etayotganini bilasizmi? Agar xabaringiz bo‘lmasa, o‘qishda davom eting!

«Chiroyli» raqamlarga bo‘lgan yuqori talabni hisobga olgan holda va uyali aloqa bozorini o‘rgangan holda, 2019 yil iyunidan UZMOBILE yangi mijozlar auditoriyasini jalb qilish va sodiq abonentlarni rag‘batlantirishga qaratilgan bir nechta marketing aksiyalarini e'lon qiladi. Shunday qilib, 5 iyundan e'tiboran «OLTIN TAKLIF» aksiyasi va 20 iyundan esa «MUHTAShAM ChEGIRMALAR» aksiyasi boshlandi.

«OLTIN TAKLIF» va «MUHTAShAM ChEGIRMALAR» – bu UZMOBILEdan gadjetlar xaridi uchun qimmatbaho «chiroyli raqam»ni arzon narxlarda yoki  7-8-9 toifali «chiroyli raqam»ni mutlaqo bepul qo‘lga kiritish imkoniyatidir. «OLTIN TAKLIF» aksiyasi 2019 yil 5 iyundan 1 sentyabrga qadar o‘tkaziladi va abonentlarga UZMOBILE, UZTELECOM rasmiy savdo ofislari yoki UZMOBILE tijorat vakillarining savdo nuqtalarida CDMA-450 standartidagi gadjetlarini sotib olish evaziga 7,8 yoki 9 toifali «chiroyli raqamlar»ni mutlaqo BEPUL tarzda qo‘lga kiritishni taklif etadi. Barchasi juda oddiy va eng muhimi – foydali! 

Undanda muhtasham aksiya – «MUHTAShAM ChEGIRMALAR» qimmatbaho raqamni sotib olishni xohlagan, lekin bunga imkoniyati bo‘lmagan abonentlarimizni quvontiradigan taklifdir. 2019 yil 20 iyundan 1 sentyabriga qadar «Ishbilarmon» (GSM), «Korporativ VIP» (CDMA) va «VIP Mobile» (CDMA) tarif rejalariga ulanib, bonus sifatida savdoda mavjud bo‘lgan eng qimmatbaho «chiroyli raqamlar» uchun chegirmaga ega bo‘ling. 

Direktor o‘rinbosari Islomov J. ta'kidlaganidek, potensial abonentlarning talabiga ko‘ra, ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashga katta e'tibor qaratiladi va so‘nggi talablarning aksariyati «chiroyli raqamlar» – ularning xarajatlari va sotib olish bo‘yicha masalalarni tashkil etadi. Shuning uchun «yozgi sovg‘a» sifatida bir qator tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, eng asosiylari esa yuqorida sanab o‘tilgan aksiyalardir.
 
UZMOBILEning super-takliflaridan foydalaning va yuqori sifat hamda foydali muloqotda bo‘ling!

UZMOBILE – ishonchli aloqa milliy operatori.

Batafsil ma'lumot: 

Sayt: uztelecom.uz

Telegram-kanal: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top