Bugun Özbekiston öz tarixidagi birinçi mundialga yöllanma olişi mumkin. Şu bilan birga, Tehrondagi ğalaba ham yetarli bölmay qolişi mumkin.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
25 mart kuni futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 saralaşining uçinçi bosqiçi doirasida Eronga qarşi muhim öyinda maydonga tuşadi. Uçraşuv Tehrondagi «Ozodi» stadionida soat 21:00 da boşlanadi.
Özbekistonlik futbolçilar kök libosda öynaydi.
Özaro öyinlar tarixi
Özbekiston milliy jamoasi bugungi kunga qadar Eronga qarşi jami 15 ta öyin ötkazib, forslarni Toşkentda mağlub eta olmagan. 15 öyindan 10 tasida Eron ğolib bölgan, 4 öyinda durang qayd etilgan. Özbekistonning yagona ğalabasiga 12 yil böldi, 2012 yilning noyabrida JÇ-2014 saralaşi doirasida Tehronda bölib ötgan öyinda Uluğbek Baqoyevning yagona goli Özbekiston milliy jamoasiga bu raqib ustidan qozonilgan yagona ğalabani keltirgan. Töplar nisbati 5:18 – forslar foydasiga.
Özbekiston milliy jamoasi Eronga qarşi sönggi öyinni 2024 yil oktyabrida JÇ-2026 3-saralaş bosqiçi birinçi davrasida ötkazişgandi, Toşkentdagi öyinning ikkinçi bölimida özbekistonliklar bir kişi köp bölib öynaganiga qaramay, raqib darvoasiga yöl topolmagandi. Bu uşbu jamoalar örtasidagi qatorasiga uçinçi durang bölgandi.
Özbekiston – Eron. Özaro öyinlar:
10.10.2024. Özbekiston – Eron – 0:0
11.06.2024. Eron – Özbekiston – 0:0
21.11.2023. Özbekiston – Eron – 2:2
20.06.2023. Özbekiston – Eron – 0:1
08.10.2020. Özbekiston – Eron – 1:2
11.09.2018. Özbekiston – Eron – 0:1
19.05.2018. Eron – Özbekiston – 1:0
12.06.2017. Eron – Özbekiston – 2:0
06.10.2016. Özbekiston – Eron – 0:1
11.06.2015. Özbekiston – Eron – 0:1
14.11.2012. Eron – Özbekiston – 0:1
03.06.2012. Özbekiston – Eron – 0:1
05.09.2009. Özbekiston – Eron – 0:0
11.07.2007. Eron – Özbekiston – 2:1
14.12.1998. Özbekiston – Eron – 0:4.
Mavzuga oid
Jamoalarning JÇ-2026 saralaşidagi öyinlari
Eron saralaşning sönggi bosqiçidagi 7 öyinda faqat bir marta, Özbekiston bilan öyinda oçko yöqotgan va hozirda 19 oçko bilan guruhda yakkapeşqadam bölib turibdi:
05.09.2024. Eron – Qirğiziston – 1:0
10.09.2024. BAA – Eron – 0:1
10.10.2024. Özbekiston – Eron – 0:0
15.10.2024. Eron – Qatar – 4:1
14.11.2024. KXDR – Eron – 2:3
19.11.2024. Qirğiziston – Eron – 2:3
20.03.2025. Eron – BAA – 2:0
Özbekiston esa 7 turda 5 ğalaba, bir durang va bir mağlubiyat qayd etib, 16 oçko bilan ikkinçi örinda joylaşgan:
Öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Temur Kapadze jamoasi Eron bilan öyinga puxta tayyorgarlik körganini ta’kidladi.
«Ertaga bizni qiziqarli öyin kutib turibdi. Raqibimiz Eron qanday kuçga ekanini yaxşi bilamiz. Öyinga yaxşi tayyorgarlik kördik deb öylayman. Inşa Alloh, ertangi uçraşuvga hamma tayyor.
Ha, Eron çempionatidagi öyinçilarimizni kuzatiş orqali Eron milliy jamoasidagi öyinçilarni ma’lum darajada bilamiz. Qolaversa, bu jamoaga qarşi oxirgi yillarda köp marta duç kelganmiz. Özimizda ham raqib jamoa haqida ma’lumotlar bor, futbolçilarimizdan ham ma’lumot olganmiz», – dedi u.
Özbekistonning turli davrlardagi jamoalarini soliştiriş haqidagi savolga javob berarkan, Kapadze avlodlarni taqqoslaş notöğri ekanini aytdi.
«2012 yilgi Eronda ğalaba qozonib ketgan avlod bilan hozirgi avloddan qay biri kuçli? Soliştirişni istamasdim va bu notöğri. Öşa paytda öşa avlodimiz kuçli edi, hozir ham milliy jamoada eng kuçli avlod öynamoqda. Nasib qilsa, maqsadimiz sari yaqinmiz», – dedi murabbiy.
Şuningdek, boş murabbiy Jaloliddin Maşaripov yöqligi jamoaga qanday ta’sir qilişi, Oston Örunov maydonga tuşa olişi yoki yöqligi haqidagi savollarga ham javob qaytargan.
«Ularning har ikkisi ham terma jamoa uçun muhim futbolçilar sanaladi. Futbolda diskvalifikatsiyalar uçrab turadi. Ularning örniga boşqa futbolçilar öynaydi. Ostonga keladigan bölsak, jarohati bor edi, hozir u tayyorlanmoqda. Ertangi öyinga qançalik tayyor bölişini köramiz. Qolgan futbolçilar soğ-salomat, tayyorgarlikni davom ettiryapmiz», – dedi Temur Kapadze.
Yarimhimoyaçi Abbosbek Fayzullayev bölajak öyin ikki kuçli jamoa örtasidagi bölib ötişini ta’kidladi: «Yaxşi saviyadagi milliy jamoalar örtasidagi öyin kutib turibdi. Biz bu yerga ğalaba uçun kelganmiz. Bor kuçimizni körsatamiz».
Ayni vaqtda Moskvaning TsSKA jamoasi a’zosi bölgan 21 yoşli futbolçi boşqa klubga ötişi mumkinligi haqidagi savolga javob berişdan boş tortdi: «Yevropa çempionatlarida öynaş maqsadi? Savol va e’tirof uçun katta rahmat. Lekin hozir bu savolga javob berişning mavridi emas deb öylayman. Sababi ertaga bizni juda muhim öyin kutib turibdi».
Eron milliy jamoasi boş murabbiyi Amir Ğalenoyi Özbekistonga qarşi öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida Toşkentdagi öyinda soğliğida biroz muammolar bölgani, özbekistonlik şifokorlar unga yordam körsatganini aytdi.
«Eng avvalo Özbekiston milliy jamoasiga Tehronga xuş kelibsiz, demoqçiman. Fursatdan foydalanib, Özbekiston milliy jamoasi tibbiy ştabiga minnatdorçiligimni bildirmoqçiman.
Özbekiston haqida gapiradigan bölsam, sönggi 10 yil içida mamlakat yoşlar futbolida ança kuçayiş va ösişga erişdi. Buni yuqori darajadagi öyinçilar yetişib çiqayotganidan ham körsa böladi», – dedi u.
Özbekiston milliy jamoasining tarkibi haqidagi savolga javob berar ekan, u şunday dedi: «Ularda qimmatli futbolçilar bor, ulardan uç nafari Eron Pro-ligasida öynaydi. Bizni juda qiyin öyin kutib turganini tuşunamiz. Biz juda yaxşi va professional murabbiyga ega BAAning eng kuçli jamoasini mağlub etdik va tayyorgarlik uçun vaqt çeklanganiga qaramay, uçraşuvni nazorat qildik.
Özbekiston 3–4–3 sxemasi böyiça öynaydi va bor e’tiborni natijaga qaratgan, ular bizni qarşi hujumda jazolaşga urinsa kerak. Biz ham bu taktik variant ustida işlaganmiz va bu uçraşuvni ijobiy natija bilan yakunlaymiz degan umiddamiz. Özbekiston bilan sönggi öyinlardagi statistika bizning yaxşi iştirokimizni körsatib turibdi. Ertaga stadionga köplab muxlislar kelib, bizni qöllab-quvvatlaşiga işonaman. Ğalaba orqali xalqimizga Navröz bayramiga sovğa tayyorlaşni maqsad qilganmiz».
Muxlisning Eron jahon çempionati yöllanmasini allaqaçon hal qilib bölgani haqidagi fikriga murabbiy quyidagiça izoh berdi: «2026 yilgi jahon çempionati masalasini hali rasman hal qilganimiz yöq. Özbekistondan taşqari yana ikkita öyin kutib turibdi. Har bir bahs öziga xos tarix. Özbekistonga qarşi öyinda ham faqat ğalaba uçun maydonga tuşamiz. Tarkibimizdagi öyinçilar jahon darajasidagi futbolçilar sanaladi, ular ham bahs muhimligini tuşunib turibdi. Biz uçun böşaşmaslik, xotirjamlikka berilmaslik muhim. Hali JÇ-2026ga çiqmaganimizni unutmaslik şart.
BAA ustidan qozonilgan ğalabadan söng darhol futbolçilarga endi Özbekiston haqida öylaşimiz kerakligini aytdim. Bilaman, ular ham yaxşi natijaga erişiş iştiyoqiga töla. Albatta, hammasi Xudoning qölida».
Köp yillardan buyon Yevropa çempionatlarida töp surib kelayotgan, hozirda Italiyaning «Inter» klubining asosiy tarkib futbolçilaridan biri sanalgan hujumçi Mehdi Torimiyning maydonga tuşişi ehtimoli haqidagi savolga u şunday javob berdi: «Futbolçining soğliği – eng muhim hisobalandi. Bugun keçqurun maşğulot ötkazgaç, Toremiyning maydonga tuşiriş yoki tuşirmaslik böyiça bir töxtamga kelamiz. U oldingi öyinda BAAga qarşi bahsga tuşişi mumkin edi, ammo tavakkal qilmaslikka qaror qilgandik».
U şuningdek Eron oxirgi Osiyo kubogida yaxşi iştirok etib, Yaponiyani mağlub etgani (finalda mezbon Qatarga yutqazgan), JÇ-2026 final bosqiçiga çiqib, u yerda ham kamida pley-off yöllanmasini közlaş lozimligini aytib ötgan.
Tarkiblar
Eron milliy jamoasi hujumçisi Muhammad Mohebi BAA bilan öyinda sariq kartoçka olgani sababli Özbekistonga qarşi öyinni ötkazib yuboradi. U saralaş doirasidagi 7 uçraşuvda 4 gol kiritgan va Ozmun bilan birga töpurar bölib turgandi.
Özbekistondan esa xuddi şu sabab bilan jamoa yetakçilaridan biri Jaloliddin Maşaripov maydonga tuşa olmaydi. Sönggi xabarlarga köra, Oston Örunov sönggi maşğulotlarida qatnaşmagan va milliy jamoa bazasini tark etib, «Persepolis» lageriga yöl olgan. Şuningdek, Husniddin Aliqulov, Şerzod Nasrulloyev va Azizbek Turğunboyev ham jarohat tufayli Qirğizistonga qarşi öyinda jamoaga yordam bera olmagandi. Ulardan faqat Nasrulloyev jamoa bilan Eronga borgan.
Transfermarkt portaliga köra, Özbekiston milliy jamoasining umumiy bahosi 70,15 million yevroni taşkil etayotgan bölsa, Eron milliy jamoasi 46,30 million yevro narxga ega. Forslarning eng qimmatbaho öyinçilari Mehdi Torimiy (8 mln yevro), Sardor Ozmun (7,5 mln yevro), Mehdi Ğoyyedi (4 mln yevro) hamda Muhammad Mohebi (3,50 mln yevro) kabilar bölib turibdi. Özbekistonda ham Yevropa çempionatlarida töp surayotgan futbolçilarning transfer narxlari yuqori – Abduqodir Husanov (35 mln yevro), Abbosbek Fayzullayev (8 mln yevro), Eldor Şomurodov (4 mln yevro).
Şu bilan birga, hozirda Eron FIFA reytingida 18-örinda joylaşgan va öz tarixidagi eng yaxşi natijani qayd etmoqda, Özbekiston esa 58-örinda.
Eronliklar jami olti marta mundial iştirokçisi bölgan, lekin biror marta guruh bosqiçidan nariga öta olmagan. Oxirgi uçta jahon çempionatiga yöllanma ololgan. Özbekiston esa hali biror marta sönggi saralaş bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlay olmagan.
Kimga qanday natija kerak?
Eronga jahon çempionatida ketma-ket törtinçi bor iştirok etiş uçun durang natija ham yetarli böladi. Eronliklarni mağlubiyat ham qiyin ahvolga solib qöymaydi, agar bu turda BAA va Qatar öz öyinlarida oçko yöqotsa, Eron muddatidan oldin yöllanmani hal qiladi.
Özbekiston milliy jamoasi ayni vaqtda guruhdan 2-örin bilan çiqiş uçun eng asosiy da’vogar bölib turibdi, çunki eng yaqin ta’qibçilar bölmiş BAA va Qatar 6 oçkolik masofada ortda qoldirilgan.
Lekin taqvim nisbatan raqiblarda qulayroq. Özbekiston qolgan uç turni Eron, BAA va Qatarga qarşi ötkazadi, BAAning navbatdagi raqiblari KXDR, Özbekiston va Qirğiziston, Qatarning navbatdagi raqiblari esa Qirğiziston, katta ehtimol bilan yöllanmani oldindan hal qilib böladigan Eron va Özbekiston böladi.
Özbekiston Tehrondagi öyinda ğalaba qozonsa, BAA hamda Qatar öz uçraşuvlarida ğalaba qozona olmasa, unda Temur Kapadze şogirdlari bugunoq jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi.
BAA va Qatar mos ravişda KXDR va Qirğizistonga mağlub bölgan taqdirda esa, durang ham kifoya qiladi.
Ammo arab jamoalari nisbatan kuçsiz raqiblarni yengişi va yöllanma masalasi keyingi turlarga qolişi ehtimoli yuqori.
Agar arab jamoalari öz öyinlarida ğalaba qozonsa, Özbekiston Eronda ğalaba qozonişi yoki durang öynaşi deyarli heç narsani özgartirmaydi va guruh jadvalidagi farq oşmaydi (ğalabada 6 oçkoligiça qoladi, durangda 4 oçkogaça, mağlubiyatga uçralsa, 3 oçkogaça qisqaradi). Baribir qolgan ikki öyinda yutqazmaslik kerak böladi.
Agar Özbekiston Eronda yutqazib, keyingi turda BAAni safarda yengadigan bölsa, amalda jahon çempionatiga çiqadi. Çunki bu holda BAA turnir jadvalida heç qanaqasiga Özbekistonni quvib öta olmaydi, Qatar quvib ötişi uçun oxirgi turda Toşkentda yirik hisobda ğalaba qozonişi kerak böladi.
Agar Özbekiston Eron va BAAga yutqazsa, sönggi turda Qatarni yirik hisobda mağlub etiş ham yetarli bölmay qolişi mumkin.
Özbekiston Eronda ğalaba qozonib ham, keyingi ikki öyinda yutqazadigan bölsa, töğridan töğri yöllanmadan quruq qoladi, çunki bu holda yakunda oçkolar soni teng bölib qolib (19 tadan), barçasini töplar nisbati hal qiladi, bu borada esa vaziyat BAAda yaxşiroq.
Şuning uçun, Özbekiston asosiy e’tiborini töğridan töğri raqobatçilar bilan öyinlarga qaratişi kerak böladi. Agar BAA bilan ham, Qatar bilan ham durangga erişilsa, uşbu jamoalar qolgan ikki öyinida 100 foizlik natijaga erişgan taqdirda ham maksimum 17 oçko jamğaradi va 18 oçkoga ega Özbekistondan pastda joylaşadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi