AQŞ prezidenti Donald Tramp Signal messenjerida AQŞning husiyçilarga qarşi operatsiyasi doirasida Yamandagi zarbalariga oid ma’lumotlar sizib çiqqanidan darğazab böldi. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.

«Tramp voqeadan xafa bölganini şaxsiy tarzda bildirdi, dedi uning fikri bilan taniş bölganlar, biroq u strategik qarorga kelib, ğazabini yaşirib, omma oldida bir oğiz söz aytmadi», — deyiladi gazeta xabarida.

Tramp The Atlantic jurnali va uning boş muharriri Jyeffri Goldbergning «işonçliligiga hujum qiliş» strategiyasini qabul qildi.

Şu haftada AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Signal messenjeridagi yopiq guruhda Yamanda rejalaştirilgan harbiy operatsiya tafsilotlarini oşkor qilgani xabar berilgan edi.

Xato tufayli The Atlantic naşri boş muharriri Jyeffri Goldberg çatga qöşilgani va maxfiy ma’lumotlar muhokamasiga guvoh bölgani xabar qilingandi. Mudofaa vaziri, davlat kotibi, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori va AQŞning boşqa muhim mansabdorlari yozişmalarda qatnaşgan.