21:35 / 14.09.2019
12
24039

Senat qarori: to‘y o‘tkazuvchi shaxs 1 hafta oldin mahalla fuqarolar yig‘inini ogohlantirishi lozim

Oliy Majlis Senati tomonidan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Ushbu hujjat 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi belgilangan bo‘lib, endi to‘y-hashamlarni o‘tkazuvchi shaxslar tadbirlarni o‘tkazishdan bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini xabardor qilishi shart.

«Biz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ya'ni mahallalarning rolini mana shu mavzuda keskin oshirishimiz kerak. Chunki bizda azaldan biror ish boshlashdan oldin bahamjihat qilish amaliyoti bor edi. Lekin yillar o‘tgani sayin mana shu an'anamiz unutildi», deya ushbu yangilik haqida izoh berdi Senat raisi Tanzila Norboyeva. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top