Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda Nursulton Nazarboyevning nabirasi sudlanmoqda

Londonda Qozog‘istoning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev ustidan sud jarayoni davom etmoqda.
Oysulton Nazarboyev London markazidagi mehmonxonalardan birining balkonidan o‘zini tashlash bilan tahdid qilgandan 2 kun o‘tib politsiya serjantini tishlab olgan. Bu haqda Dailymail nashri xabar berdi.
U mulkka zarar yetkazishda ayblanmoqda va giyohvandlikdan davolanmoqchi.
Ma'lum qilinishicha, Oysulton aybini tan olgan. Unga jazo hukmi 18 oktyabrda chiqariladi.
Qoralovchi Gregor Makkinli sudda Oysulton 3 iyunda mehmonxonalardan birini boshiga ko‘tarib, balkonga chiqib u yerdan sakrash bilan tahdid qilganini aytgan.
2 kun o‘tib u Tavistok ko‘chasidagi kvartirada ushlangan. Oysulton bilan kvartirada unga tanish bo‘lmaganini ta'kidlagan ayol ham bo‘lgan. Oysulton yana balkonga chiqib, o‘zini tashlash bilan tahdid qilgan.
Prokurorning aytishicha, kvartiraga kelgan politsiyachilar Nazarboyevni o‘g‘ri deb o‘ylashgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, u konstebl Ross Sambrukga tashlanib, unga musht tushirib, qo‘lini tishlab olgan. Natijada politsiyachining qo‘lidan anchagina qon ketgan va Oysultonga qarshi elektroshoker qo‘llagan.
Nazarboyevning nabirasi advokati Alisder Uilyamson sudga Qozog‘iston hukumati tergov bilan hamkorlik qilayotgani va Oysultonga Britaniya mutasaddi idoralari uning pasportini musodara qilgandan keyin yangi pasport berilmasligini aytgan.
Advokat sudlanuvchini garov puli evaziga qo‘yib yuborishni taklif qilgan, biroq sudya Martin Beddoy taklifni rad etgan.
“Fikrimcha, bu vaziyat giyohvand modda sababli yuz berganiga asos bor. Ayblanuvchining o‘sha vaqtdagi ahvoli og‘ir bo‘lgan. U A toifadagi narkotiklarni qabul qilishi sababli katta muammolarga uchragan”, deb aytgan sudya.
Bu orada London sud idoralari taqdim qilgan ma'lumotda Oysulton tergov bilan kelishuvga, jumladan politsiyachini tishlab olishdagi aybini tan olishga rozi bo‘lgani ma'lum bo‘lgan.
Oysultonning do‘stlari bu orada voqeaning boshqa versiyasini so‘zlab berishgan.
Nazarboyev nabirasining aytishicha, voqea yuz bergan kuni uning ayol tanishi eshigi yopilib qolgani uchun kvartiraga kira olmagan.
Oysulton kvartiraga kirishga besamar urinishlardan keyin uyga balkon orqali kirishni taklif qilgan. Biroq qo‘shnilar Oysultonni o‘g‘ri deb o‘ylab, politsiya chaqirtirishgan. Oysultonni “xitoylik migrant” deb qabul qilgan politsiyachilar va u o‘rtasida nizo chiqqan. Politsiyani tishlash esa Oysulton tomonidan o‘zini himoya qilish bo‘lgan, chunki politsiya uni orqasidan bo‘g‘gan.
Oysultonni yaqindan taniydigan odamlarning ma'lum qilishicha, u Qozog‘istonga qaytish uchun tergov bilan kelishuvga borishga va unga qo‘yilgan ayblovlarni tan olishga majbur bo‘lgan. Aks holda tergov cho‘zilib ketishi mumkin edi.
29 yoshli Oysulton Nursulton Nazarboyevning katta qizi Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?
O‘zbekiston | 23:01
-
«Bilol's motors» avtosaloni rahbari ustidan sud boshlandi
Jamiyat | 22:48
-
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 22:45
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

10:08 / 18.07.2025
Bloomberg: London Ukraina uchun AQShdan qurol sotib olishga tayyor

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025