Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan faoliyat olib boruvçi taniqli diniy ulamo Alişer Tursunov işi böyiça advokat Ruslan Sodiqov ma’lumot berdi.

Joriy yil 10 may kuni Turkiyadan keltirilgan Alişer Tursunov 75 kundan buyon qamoqda saqlanmoqda. Advokatning ma’lum qilişiça, dastlabki tergovni DXX Tergov boşqarmasi ötkazgan.

«Endilikda, jinoyat işi tamomlanib, sudga oşirilganligi bois, ustozning advokati sifatida işga oid ba’zi tafsilotlar, şaxsan özlarining holatlari va munosabatlari haqida qisqaça ma’lumot berişni lozim kördim», deb yozdi Ruslan Sodiqov 24 iyul kuni Facebook'da.

Uning aytişiça, jinoyat işi 2023 yil 11 avgust kuni Şayxontohur tuman içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tergov bölimi tergovçisi tomonidan Jinoyat kodeksining 244-3-moddasi bilan qözğatilgan. Bu moddada «diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş» uçun javobgarlik belgilangan. Bu qilmiş jinoyat sifatida e’tirof etilişi uçun oldin ayni şu harakat uçun ma’muriy jazo qöllangan bölişi kerak.

«Ustoz Mubaşşir Ahmad domla Azon TV kanalida olib borgan diniy, ma’rifiy faoliyati davomida 2023 yilda Diniy qömita xulosasini olmasdan diniy mazmundagi materialni uşbu kanal orqali tarqatgani uçun ma’muriy jazoga tortilgan. 2023 yilda bu holat takroriy sodir qilingan deb topilib, jinoyat işi qözğatilgan», deya yozdi advokat.

Ma’lum bölişiça, 2025 yil 11 may kuni Alişer Tursunov uşlanganidan söng, unga nisbatan Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan qöşimça ayblov e’lon qilingan. Bu ayblov – jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni OAV yoki internetda tarqatişni nazarda tutadi. Ayblovga Alişer Tursunov öz telegram kanaliga joylaştirgan videodagi suhbat asos bölgan.