19:10 / 03.12.2019
0
7003
Pentagon gipertovushli raketa uchun qariyb milliard dollar ajratdi

Lockheed Martin korporatsiyasi AQSh harbiy-havo kuchlari uchun yangi ARRW raketasini ishlab chiqish maqsadiga 988,8 million dollar oldi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.

Pentagon

Raketani ishlab chiqish Orlando shahrida boshlanadi va 2022 yil 31 dekabrda nihoyasiga yetishi lozim.

Korporatsiya konstruksiya loyihasini ishlab chiqishi, sinovlar o‘tkazishi va raketani turkum ishlab chiqarishga tayyorlashi kerak bo‘ladi.

Lockheed Martin 2018 yildan buyon boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda ARRW gipertovushli raketasini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. O‘shanda ushbu maqsad uchun 480 million dollar ajratilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top