Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon narkokartellarga qarshi yangi operatsiya haqida e’lon qildi
«Janubiy nayza» deb nomlangan operatsiya G‘arbiy yarimshardagi narkoterroristlarni yo‘q qilishga qaratilgan, deya bildirdi Pentagon rahbari Pit Hegset. Venesuela sohillari yaqinida AQSh harbiy kemalaridan iborat guruh allaqachon joylashtirilgan.
Foto: REUTERS
Pentagon rahbari Pit Hegset G‘arbiy yarimsharda narkokartellarga qarshi Southern Spear («Janubiy nayza») nomli yangi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. «Bu missiya Vatanimizni himoya qiladi, narkoterroristlarni yarimsharimizdan chetlashtirib, xalqimizni halok etayotgan narkotiklardan mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlaydi. G‘arbiy yarimshar — bu Amerika hududi va biz uni himoya qilamiz», — deb yozdi Hegset 13 noyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
AQSh mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaga maxsus shu maqsadda tuzilgan tezkor guruh va AQSh qurolli kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi (Southcom) rahbarlik qiladi. Ilgari Southcom ixtiyoriga Gerald R. Ford aviatashuvchisi berilgan edi. U Puerto-Rikoda joylashgan boshqa harbiy kemalar, atom suvosti kemasi va samolyotlarga qo‘shiladi.
Sentyabr oyi boshidan beri Amerika harbiy kemalari Vashington Venesuela narkokartellari bilan bog‘liq deb hisoblayotgan xalqaro suvlardagi kemalarga doimiy ravishda zarbalar bermoqda. Shu bilan birga, AQSh Venesuela sohillari yaqinida narkosavdogarlarga qarshi kurash bahonasida kemalar guruhini joylashtirdi va Puerto-Rikoga qiruvchi samolyotlarni yubordi.
The New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Vashingtonda mojaroni keskinlashtirishning bir nechta ssenariylari ishlab chiqilgan, ular qatorida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni kuch ishlatgan holda hokimiyatdan chetlatish varianti ham mavjud.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
08:11 / 04.12.2025
Inspektor: Hegset Signal orqali maxfiy ma’lumot tarqatib, AQSh qo‘shinlarini xavf ostiga qo‘ygan
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
01:11 / 01.12.2025