Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida yirik yong‘in yuz berdi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
2020 yil 10 yanvar kuni soat 00:28da, Sergeli tumani, Lutfikor 1-tor ko‘chasi 1-uyda joylashgan, “Sergeli kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK hududida ijarada faoliyat yuritayotgan MChJga qarashli binoning 4-qavatida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqarish sexi va binoning tom qismi 900 kv.m. maydonida yongan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan binoning 1000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:33da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:20da qurshab olinib, soat 03:40da o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek, fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22
-
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:41
-
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari
Jamiyat | 18:33
-
O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladi
O‘zbekiston | 18:18
Mavzuga oid

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

15:59 / 16.07.2025