Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.
«O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari shakllantirilib, «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimiga kiritiladi.
ERP-maktab axborot tizimida o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2026
Yangi o‘quv yilida 800 mingga yaqin bola 1-sinfga qabul qilinadi
21:17 / 07.05.2026
11 may kuni umumta’lim maktab yuqori sinflarida dars o‘tiladi – vazirlik
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
19:13 / 07.04.2026