Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT MDHda o‘tkazilgan saylovlar ichida eng yuqori bahoni O‘zbekistondagi saylovlarga berdi – Akmal Saidov

Xalqaro press klubning O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasida Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov so‘zga chiqib, Prezidentning Parlamentga yo‘llagan murojaati va yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Davlat rahbari kechagi murojaatda saylov masalasiga ham alohida to‘xtalib, bu jarayonda jahon hamjamiyatining bevosita davlatga baho berganini ham ta'kidladi.
Men ham xalqaro hamjamiyatning xulosalarini bevosita kuzatib, tahlil qildim. YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi 25 yil ichida 400dan ortiq Prezident va mahalliy kengashlarga aloqador saylovlarda kuzatuvlar olib borgan.
Bu tashkilot 8 marta saylov jarayonlarimizni kuzatgan. Lekin mazkur tashkilot MDH davlatlarida o‘tkazilgan saylovlar ichida eng yuqori bahoni yaqindagina mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Parlament saylovlariga nisbatan berdi», - deya qayd etdi Akmal Saidov.
Uning aytishicha, O‘zbekiston saylovlaridagi yana bir yangilik – Parlamentdagi ayollarning soni bilan bog‘liq. BMT a'zo davlatlarga Parlament tarkibining 30 foizi ayollar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida tavsiya berib boradi.
O‘zbekiston parlamentining quyi palatasiga esa 48 nafar ayol deputatning saylanishi va bu raqamning umumiy miqdorda 32 foizni tashkil etishi ham ijobiy hodisa.
«O‘zbekiston 2014 yilda Parlamentning 16 foizi ayollardan iborat ekanligi bilan 139-o‘rindan yaqinda o‘tkazilgan saylovdan so‘ng 29-o‘ringa ko‘tarildi.
Bundan tashqari, 30 yoshgacha bo‘lgan 9 nafar deputat saylandi va ular umumiy a'zolarning 6 foizini tashkil etdi. Jahon parlamentarizmida ham yosh deputatlar soni o‘rtacha 2 foizni tashkil etishini hisobga olsak, bu natija ham ijobiy hodisa», - deya baholadi Akmal Saidov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi 3 yilda O‘zbekiston rahbarining Parlament vakillari bilan 11 marta uchrashishini ham yaxshi stimul sifatida ko‘rish mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

09:54 / 23.07.2025
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

09:21 / 18.01.2025
YeXHT Belarusdagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortdi

14:13 / 21.11.2024