15:09 / 04.02.2020
0
10758

Eronda MRB uchun josuslik qilishda ayblangan shaxs o‘lim jazosiga hukm qilindi

Eronda mamlakat yadroviy dasturi doirasida MRB foydasiga josuslik qilishda ayblangan erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Eron oliy sudi vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.

Foto: REUTERS/Morteza Nikoubazl

"MRBning josuslaridan biri bo‘lgan Amir Rahimpur o‘lim jazosiga hukm qilindi. U Eron atom dasturi to‘g‘risidagi ma'lumotni AQSh razvedkasiga berishga uringan", - deya iqtibos keltiradi Tasnim agentligi Ismoiliydan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Eron xorijiy dushmanlari bilan pachakilashib o‘tirmasligini anglashlari uchun hukm tez vaqt ichida ijro etilishi lozim".

Tehron va Vashington orasidagi munosabatlar keskinlashgani bois Eronda xorijiy agentlarni fosh qilish kampaniyasi ketmoqda. 2019 yil oktyabrda AQSh foydasiga josuslik qilgani uchun mamlakat fuqarolaridan biri o‘lim jazosiga hukm qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top