21:18 / 06.03.2020
0
5426
Og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo chempionati qoldirildi  

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha aprelda o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo chempionati koronavirus epidemiyasi sababli noma'lum muddatga qoldirildi. Chempionat o‘tkazilish joyi yuqoridagi sababga ko‘ra fevralda Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirilgandi.  

Foto: Adobe Stock

Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Musobaqa 16-25 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilishi kerak edi.

“Butun dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishi va ko‘plab davlatlarda safarlarga kiritilgan cheklovlar sababli musobaqa tashkiliy qo‘mitasi Osiyo chempionati o‘tkazilish sanasini noma'lum muddatga ko‘chirishga qaror qildi”, deyilgan IWF xabarida.

17 fevralda IWF ijroiya qo‘mitasi Qozog‘iston hukumati Xitoyda koronavirus tarqalishi sababli Xitoy va u bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani tufayli Osiyo chempionatini O‘zbekistonga ko‘chirishga qaror qilgandi. 

Ayni vaqtda O‘zbekiston koronavirus tarqalishi xavfi sababli Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Afg‘oniston va Yaponiya bilan aviaaloqalarni vaqtincha to‘xtatgan.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top