00:45 / 15.03.2020
98433

Koronavirus yetib bormagan dunyodagi yagona qit'a ma'lum qilindi

Foto: Zuma

Koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan yagona qit'a – Antarktida. Bu haqda Jons Hopkins universiteti loyihasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Real vaqt rejimida kasallik yuqish holatlari qayd etiladigan interaktiv xaritaga ko‘ra, Antarktidada hech kim COVID-19 kasalligiga chalinmagan. Qit'ada bir necha ming kishi — qutb stansiyalari xodimlari yashaydi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan zararlanganlar soni 153 ming kishidan oshgan, 5,7 mingdan ortiq kishi vafot etgan, 72,5 mingdan ortiq kishi tuzalgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e'lon qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top