11:07 / 16.04.2020
16586

Stikersiz harakatlangan avtomobillar ishtirokida YTH ro‘y berdi: haydovchi vafot etdi

Stikersiz harakatlangan avtomobillar ishtirok sodir bo‘lgan baxsiz hodisada 1 kishi vafot etdi, yana bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

15 aprel kuni soat 21:00larda, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Turkiston QFY, Alimbuva MFY, Ramadan ko‘chasida haydovchi I.A. “Neksiya” rusumli transport vositasini harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz Yoshlik ko‘chasi tomonga boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. 

Oqibatda, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1968 y.t. M.N. boshqaruvidagi harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz “Lasetti” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan, to‘qnashuvda “Neksiya” rusumli transport vositasi yonib ketgan.

Oqibatda “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi I.A. YTH joyida vafot etgan, “Lasetti” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi M.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur xolat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

Top