Jamiyat | 19:03 / 12.05.2020
26214
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq hamshira kasb bayramini nishonlamoqda

Har yili 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda munosib nishonlanib, hamshiralarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. 

«Koronavirus tufayli kurrai zamin bugun bir vujud, xalqlar va elatlar esa go‘yo bir oiladek birlashib harakat qilmoqda va mana shunday davrlarda shifokor-u, hamshiralarga bo‘lgan ehtirom va hurmatimiz yanada oshmoqda. Zero, hamshira deganda ko‘z o‘ngimizga qo‘li yengil, so‘zi shirin, yuzi kulib turadigan va har qanday vaziyatda bemorga beminnat ko‘mak berishga tayyor malakali mutaxassis gavdalanadi. Tibbiyot maskanlarida fidoyi bo‘lib, o‘ziga yuklatilgan bemor parvarishini sidqidildan mehr bilan amalga oshiradigan soha vakillari bugun kasb bayramini nishonlamoqda.

Darhaqiqat, tibbiyot sohasini hamshiralar faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sohadagi eng so‘nggi tibbiyot texnologiyalari asosidagi operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmatsevtika kabi qator  sohalarida  yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan 300 ming nafardan ziyod o‘rta tibbiyot xodimlari, hamshiralarning o‘rni beqiyos. Shu jumladan, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori bo‘lishida ulkan hissa qo‘shib kelishayotgan patronaj hamshiralarning mehnati ham alohida tahsinga loyiq.

Mamlakatimizda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, oliy ma'lumotli hamshiralar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani aholiga hamshiralik yordamini sifatli ko‘rsatish, bu yo‘nalishda jahon tibbiyotining eng ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda. Hozirda besh ming nafardan ortiq oliy ma'lumotli hamshiralar tibbiyotning turli bo‘g‘inlarida samarali faoliyat yurityapti. Ularning orasidan olimalar ham yetishib chiqqani hamshiralarimizning yetuk salohiyatidan dalolatdir. Qolaversa, hamshiralik yordamini ko‘rsatishda yuqori natijalarga erishayotgan hamshiralarni moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.

Ayni kunlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi tinimsiz kurash olib borayotgan 50 ming nafardan ziyod hamshiralar jasorati alohida tahsinga loyiq. Xalqimiz hamshiralarning koronavirusga chalingan bemorlarni davolash yo‘lida tinmay, hatto o‘z sog‘liklarini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham, davolayotganiga guvoh bo‘lishmoqda. Ularning bu qahramonliklarini har qancha qo‘llab- quvvatlasak arziydi.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizdagi uch yuz ming nafardan ziyod fidoyi, kasbiga sadoqatli hamshiralar ham xalqimizning bugungi sinovli va tashvishli kunlardan eson-omon o‘tib olishida katta madad va sababchi bo‘lmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida Vatanimiz va xalq oldidagi burchini teran anglab, astoydil mehnat qilayotgan siz, hamshiralarni Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutlagan holda, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, mas'uliyatli va sharafli ishingizda ulkan muvaffaqiyat tilaydi!», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan hamda Tibbiyot xodimlari kuni arafasida jami 95 nafar tibbiyot xodimlari, shu jumladan, 21 nafar hamshira davlatning yuksak unvon va mukofotlariga sazovor bo‘lgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda