23:37 / 12.07.2020
5270
Xabarovsk aholisi hibsga olingan gubernatorni qo‘llab-quvvatlab yana namoyishga chiqdi
Foto: dvnovosti.ru

Shanba kuni Xabarovsk, Komsomolsk va o‘lkaning boshqa shaharlarida namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. IIVning ma'lumotiga ko‘ra, ularda 10 mingdan 12 minggacha kishi qatnashgan.

Xabarovskda mahalliy aholi qotillik tashkil etishda gumonlanib hibsga olingan o‘lka gubernatori Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlash yana aksiya o‘tkazdi.

DV Hab nashrining yozishicha, o‘tkazilishiga ruxsat berilmagan namoyishda 3 minggacha kishi ishtirok etgan. 

Amur Media nashri xabariga ko‘ra, Furgalni qo‘llab-quvvatlab Amurdagi Komsomolsk shahrida ham aksiya o‘tkazilgan. Unda yuzga yaqin kishi qatnashgan.

Shanba kuni Xabarovsk, Komsomolsk va o‘lkaning boshqa shaharlarida namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. IIVning ma'lumotiga ko‘ra, ularda 10 mingdan 12 minggacha kishi qatnashgan.

Gubernatorning matbuot kotibi Nadejda Tomchenko namoyishchilarga minnatdorlik bildirdi, ammo aksiya tartibsizliklarga aylanib ketmasligi uchun ulardan tarqalishlarini so‘radi. 

Sergey Furgal 9 iyul kuni qo‘lga olingandi. Unga qotillikka urinish va 2004-2005 yillarda tadbirkorlarning o‘ldirilishini tashkillashtirish ayblovlari qo‘yilgan. 

Top