Putin hali iste'foni qabul qilmagan
Rossiya Tergov qömitasi gubernator mikroavtobusdan tuşirilib, samolyotga olib çiqilayotgani tasvirlangan videoni e'lon qilgan. Bu esa Furgal Moskvaga olib ketilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlaydi. Ma'lum qilinişiça, gubernator 6 soat davomida tergov qilingan.
«U ertalab işga ketayotganida uyi oldida qölga olingan va hatto vaqtinça rahbar tayinlaşga ham ulgurmagan. Hammasi kutilmaganda bölib ketdi», degan «RBK»ga gubernatorning matbuot kotibi. Ammo u hayajonda xato qilib qöygan, çunki vaqtinça gubernator vazifasini bajaruvçi şaxsni faqat prezident tayinlaydi.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Putin hali gubernatorning iste'fosini qabul qilmagan, buning uçun avval u jinoiy guruhlarga aralaşgani isbotlanişi kerak böladi.
Tergov versiyasi
Tergov qömitasi gubernatorni qölga oliş jarayoni tasvirlangan videoni e'lon qildi. Unda yuzi yopiq FXX (FSB) zobitlari gubernatorni maşinasidan tuşirib qölga olgani tasvirlangan. Tergov qömitasining xabar berişiça, Furgal ayblanayotgan iş doirasida yana 4 kişi gumonlanuvçi sifatida jalb qilingan. Ma'lum bölişiça, Furgal nafaqat Xabarovsk ölkasi va Amur oblastida, balki Primoreda ham öta oğir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanmoqda.
Xabarovsk gubernatori gumondor sifatida jalb qilingan barça jinoyatlarda taşkilotçi bölgani aytilgan. Uni qölga olişdan oldin guvohlar va jabrlanuvçilardan körsatmalar olinib, Furgalni qölga oliş uçun yetarliça dalillar töplangan.
Furgal kim özi?
Sergey Furgal – sobiq şifokor-nevrolog, öz vaqtida yoğoç savdosi bilan şuğullangan, 2007-11 yillarda davlat dumasida deputat bölgan. Liberallar partiyasi a'zosi. U Xabarovsk ölkasida avvaldan maşhur bölgan va ikki yil oldin butun mamlakat böylab maşhur bölib ketdi. Çunki u gubernatorlik saylovida deyarli 70 foiz ovoz töplab, «Yedinaya Rossiya» partiyasidan körsatilgan nomzod Vyaçeslav Şportni mağlub etdi. Buning nimasi hayratlanarli deysizmi? Şport Kreml tomonidan qöllab-quvvatlangan nomzod, şuningdek Xabarovsk ölkasining amaldagi rahbari edi, şu sabab Furgalning ğalabasi qimmatli bölgandi. Taqqoslaş uçun, 2013 yilgi gubernatorlik saylovida Şport 64 foiz ovoz töplab ğolib bölgan, Furgal esa 20 foizdan kamroq ovoz olgandi.

















