Ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yil 12 dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk şahrida OMON xodimlari Özbekiston fuqarolarini kaltaklagani, ulardan ikki nafari komaga tuşgani haqida ma’lumot tarqaldi. Keyinroq ulardan biri vafot etgan. Ma’lum qilinişiça, voqea kafelardan birida ötkazilgan reyd vaqtida sodir bölgan.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi holat yuzasidan uşbu mamlakatga nota yuborilgani haqida xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk şahrida Özbekiston fuqarosining vafoti bilan boğliq holat Özbekistonning Vladivostokdagi boş konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Boş konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bölib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam körsatmoqda. Fuqaroning jasadini vatanga qaytariş böyiça tegişli işlar olib borilmoqda.
Vazirlik hodisa yuzasidan Özbekiston boş konsulxonasi tomonidan Xabarovsk ölkasi prokuraturasi, Tergov boşqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligining Xabarovsk ölkasidagi vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama xolisona va qonuniy tartibda örganiş söralganini ta’kidlagan.
«Ayni paytda fuqaroning vafot etiş sabablari böyiça rasman tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas. Tegişli idoralardan aniq ma’lumotlar kelib tuşişi bilan jamoatçilikka qöşimça axborot beriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinçi fuqaro haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi», – deyiladi TIV xabarida.











