16:22 / 25.09.2020
50062
Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydi

Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.

Farg‘ona viloyati hokimligida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlashi haqida ma'lum qilgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Shuhrat G‘aniyevning 8 yil davomida viloyat rahbari sifatida hududni har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari e'tirof etilgan va o‘zbekona chopon bilan tantanali ravishda kuzatilgan.

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimida shu oyda koronavirus oqibatlaridan vafot etgan O‘ktam Barnoyevning o‘rnini egallamoqda.

Bundan oldinroq Namangan viloyatining sobiq hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
 

Top