Rasmiylar nima demoqçi edi? Söz erkinligi böyiça tadbirdan maxsus reportaj
|16:03 / 08.12.202011 1459 min
3 dekabr kuni Toşkentdagi nufuzli mehmonxonalardan birida söz erkinligi va matbuot rivojlanişiga oid masalalar yuzasidan davra suhbati bölib ötdi. Xöş, unda nimalar muhokama qilindi? Rasmiylar nima demoqçi edi? Umuman bu davra nega taşkil etildi?
25 noyabr kuni Kun.uz’da AOKA rahbari Asadjon Xodjayev tahririyatni gaz-svet muammosini yozgani uçun ogohlantirgani haqida xabar e'lon qilindi. Şundan keyin turdoş ogohlantirişni boşqa internet naşrlari ham olganini ma'lum qildi.
Özbekistondagi xorijiy diplomatlar, xususan Buyuk Britaniya, AQŞ va Germaniya elçilari, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari AOKAning taqdimnomalaridan taajjubini izhor etdi. Demak, harakatlarga qandaydir jöyali izoh zarur edi. Mana şu jöyali izohni taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov davra suhbatida öqib eşittirgandek tuyuldi.
«Özbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir. Bu tamoyil prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev aniq ta'kidlaganidek, har qanday şaroitda, şu jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham qat'iy amal qiladi.
Ammo bu muammoning, ya'ni xavfsizlik va inson huquqlarining nisbati va boğliqligining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, jumladan, söz erkinligini amalda röyobga çiqariş uçun keng imkoniyatlar yaratadi. Biroq uşbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkaziş, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buziş uçun bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqçiman, masalan sönggi paytlarda ayrim demokratik davlatlarda ham ommaviy kayfiyatning keskinlaşuvi natijasida huquqiy tartibning buzilişi, tartibsizliklar, öt qöyiş va odamlarning qurbon bölişiga guvoh bölyapmiz. Özingizga yaxşi ma'lumki, uşbu qonunbuzarliklarning barçasi demokratik huquq va erkinliklarning suiiste'mol qilinişi orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanişi faqat davlat hamda jamiyatning yaqin va konstruktiv hamkorligi şaroitidagina ta'minlanişi mumkin», — dedi Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov.
Mavzuga oid
Tadbirda AOKA mustaqil internet naşrlarga yuborgan taqdimnomalari tilga olinmadi, lekin Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti vakili Jon Makgregor Özbekistonning söz erkinligini ta'minlaş borasidagi bir qator mas'uliyatini eslatdi.
Jon Makgregor
«Bilamizki, u (prezident Şavkat Mirziyoyev – tahr.) aniq gapirgandi: Özbekiston xalqaro huquq, xususan YeXHT oldidagi majburiyatlarini zimmasiga olişi lozim. U söz erkinligi qanday bölişi haqida juda aniq gapirgandi. Natija qanday böldi?
Aytişim mumkinki, ötgan tört yilda öz közlarim bilan katta özgarişni kuzatdim. U bloger va jurnalistlarni qançalik qöllab-quvvatladi, tört yil oldingi holatni kimdir eslay oladimi? Qançalik özgarayotganini sezyapsizmi? Prezidentning Özbekistonga taşrif buyurgan blogerlar va inflyuyenserlar orasida suratga tuşganini eslaysizmi? Şu örinda ta'kidlamoqçimanki, köp işlarni hamkorlikda davom ettiramiz», — dedi janob Makgregor.
Jon Makgregor sözlarini qöllab-quvvatlagan BMT vakolatxonasi rahbari Helen Frayzer xonim ham Özbekistonning xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatini eslatdi.
Helen Frayzer
«2018 yili Özbekiston hukumati BMT Inson huquqlari kengaşining inson huquqlari sohasiga oid 201ta tavsiyasini qabul qildi. Bu tavsiyalarda mamlakatdagi inson huquqlari bilan boğliq holat tavsiflangandi. Şundan, qariyb 30tasi söz erkinligini ta'minlaş va jurnalistik faoliyatni himoya qiliş borasida edi. Joriy yil may oyida kengaş 5-davriy hisobotida kötarilgan masalalar yuzasidan Özbekistonga tegişli xulosasini e'lon qildi.
Kengaş Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi paktning 19-moddasiga muvofiq, Özbekiston hukumati fuqarolarning söz erkinligini kafolatlaşi, xususan onlayn fikr bildiriş huquqini ta'minlaşi zarurligini ta'kidlagan. Özbekiston mustaqil jurnalist, tanqidçi va huquqbonlar, boşqa barça faollarni zöravonlik, faoliyatiga tösqinlik qilinişidan samarali himoya qilişni ta'minlaşi lozim», — deya qayd etdi u.
Davra suhbatida söz olgan Adliya vaziri Özbekiston şaroitida huquqning çeklovlari haqida kamroq gapiriş tarafdori ekanini bildirib, OAV bilan muammo tuğilsa buni sud orqali hal etiş eng maqbul yeçim ekanini aytdi.
Ruslanbek Davletov
«Bugungi Özbekiston şaroitida çeklovlar haqida kamroq gapirişimiz kerak, deb öylayman. Çunki çeklaşga juda ustamiz. Şu paytgaça buni juda ham zör uddalaganmiz. Öylaymanki, bugungi kunda huquqni ta'minlaş töğrisida köproq gapirişimiz kerak. Çunki blogerlar ham, nodavlat televideniye ham aytyapti, hamma tayyormas deyişyapti. U yoki bu davlat organida yagona yondaşuv yöq deyilyapti.
Mana şularni şakllantirsak, ularning mas'uliyatini oşirsak, bu yerdagi dialog yaqinlaşadi, muloqot, bir-birini tuşuniş yana ham yaxşilanadi deb öylayman. Aynan mana şu yönalişda işlaşimiz kerak.
Bu yerda juda çigal munosabatlar şakllangan. Çunki söz erkinligi kimningdir boşqaruv erkinligiga daxl qilgani uçun davlatning bu yerdagi asosiy vazifasi – öylaymanki, bu yerda boşqaruvni yölga qöyiş kerak. Bu tizimda bölayotgan munosabatlarni tartibga soladigan infratuzilmasi bölişi kerak. Davlatning aralaşiş prinsiplari, mexanizmlari aniq belgilangan bölişi kerak. Bu qonun darajasida bölişi kerak.
Ommaviy axborot vositalari va qonunçilik örtasida qandaydir muammoli masala tuğilsa, sudga borilişi kerak. Afsuski, bizda sudga beribdi deyilsa, juda katta voqelikka aylanib ketyapti. Aslida biz bunga könikişimiz kerak, bu normal jarayon», — dedi Ruslanbek Davletov.
Senator Sodiq Safoyevga köra, jurnalistlarning tanqidiy faoliyati taraqqiyot uçun muhim omil sifatida şakllanmoqda. Örtada informatsion vakuum bölişi kerak emas.
Sodiq Safoyev
«Ularning tanqidiy faoliyati Özbekiston taraqqiyoti uçun muhim omil sifatida şakllanib bormoqda. Bu yerda muammolar köp.
Asosiy muammo – bizda informatsion vakuum, böşliq bölişi kerak emas. Agar vakuum paydo bölsa, u albatta noprofessional, qandaydir notöğri manbalardan töldirilişi mumkin. Har bir vazirlik, har bir hokimiyat organida ta'sis etilgan matbuot kotibiyatlarining faoliyati batamom özgarişi kerak. Ular jurnalistlarga döst sifatida qarab, ularga axborotni berişni öz burçi deb bilişi kerak», — dedi Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev.
Davrada eng köp e'tibor bilan kuzatilgan AOKA rahbari Asadjon Xodjayev ham bloger va jurnalistlar himoyasida turib, nutq qildi.
Asadjon Xodjayev
« Biz ba'zida OAV vakillari va blogerlar bunda aybdor degan gaplarni eşitamiz, yöq, bu yerda davlat boşqaruvi organlari jurnalistlar bilan muloqotga tayyor emas. Agar davlat organlari tezkorlik bilan javob qaytarsa, asossiz ma'lumotlar, fikrlar bildirilişiga örin qolmaydi.
Şuning uçun biz doimiy ravişda davlat organlari oçiqligini ta'minlaş borasida muloqotni kuçaytirişimiz kerak deb bilamiz. Bundan taşqari joylarda, hududlarda bloger va OAV vakillari mahalliy hokimlik organlari bilan muloqotga qiynalişadi. Bu yerdagi qiyinçilikni körib, doimiy ravişda matbuot tadbirlarini ötkaziş rejasi viloyat kesimida ham bölişi kerak, degan xulosaga keldik», — deydi u.
Davra suhbatida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar munosabat qildi. Şunga qaramay, erişilgan yutuqlarni sanaş va kelgusida söz erkinligini mustahkamlaşdek siyosiy iroda haligaça mavjud ekanini tasdiqlaş bilan ötgan tadbirda savol-javoblar uçun köp vaqt qolmagandi. Buni tadbirdan söng, Kun.uz bilan suhbatlaşgan Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi ham tasdiqladi. Jurnalistlar bilan oçiq savol-javob keyinga qoldi.
Xulosa örnida, senator Safoyevning quyidagi sözlari köp narsani oydin anglaşga yordam beradi, deb öylaymiz:
«Albatta, hozir davlat organlarida eskiça fikr yuritiş inersiyasi bor. Tazyiq ötkazişga harakatlar... Bilasizmi, aççiq dorini hamma ham yaxşi körmaydi, hamma ham bemalol yutavermaydi. Oğirmi, yengilmi, biz bu borada çekinişga haqqimiz yöq. Bir xillar aytadi: mana blogerlar quturib ketdi, bosar-tusarini bilmay qoldi. Bunday yondaşuvlardan eski andozalar hidi keladi. Agar biz taraqqiyotni istasak, biz erkin fikr yuritiş va fikrlar xilma-xilligini ta'minlaş uçun imkoniyatlarni yaratişimiz kerak. Muloqot şuning uçun kerak».
Alişer Rözioxunov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Otaxon Yusupov.