14:48 / 08.01.2021
21304
Toshkentda ichimlik suvi va kanalizatsiya uchun yangi tariflar o‘rnatildi

“Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ 2021 yil 24 yanvardan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritilishini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi qarori va Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan deklaratsiyaga muvofiq, 24 yanvardan Toshkent shahri bo‘yicha ichimlik suvi va kanalizatsiya uchun yangi tariflar o‘rnatildi.
 
Ichimlik suvi:

a) aholi uchun – I guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m3 - 400 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - II guruh - 1m3 - 400 so‘m;
v) ulgurji iste'molchilar uchun - II guruh - 1m3 - 400 so‘m;
g) tijorat iste'molchilari uchun - III guruh - 1 m3 - 1000 so‘m.
 
Oqova suvi xizmati uchun:
 
a) aholi uchun – 1 guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m3 - 350 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - II guruh - 1m3 - 350 so‘m;
v) ulgurji iste'molchilar uchun - II guruh - 1m3 - 350 so‘m;
g) tijorat iste'molchilari uchun - III guruh - 1 m3 - 820 so‘m.

Top