Professor Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida sohadagi muammolar yeçimi yuzasidan öz takliflarini ilgari suradi.

1. Talabalarga erkinlik beriş kerak. Ulardan davomat va forma talab qiliş amaliyotini bekor qiliş zarur

Bugungi kunda ta'lim sifati emas, darsda qatnaşiş majburiyati birinçi öringa çiqarib qöyilgan.

Bu – salohiyatsiz öqituvçilarning öz ustida işlamasliklariga, talabalarning vaqtlarini besamar ötkazişlariga sabab bölmoqda. Bir xil forma talabalar zehniyati ösişiga ham salbiy ta'sir qiladi va kiyiniş masalasi, arzimasa-da, ma'naviyatning boş muammosiga aylanib qolmoqda.

2. OTM professor-öqituvçilariga erkinlik beriş kerak

Ayonki, aksariyat OTMlarda professor-öqituvçilar, hatto doktorantlar uçun ham, soat 8–9dan 17gaça işxonada bölişdek noqonuniy talab hanuz saqlanib qolmoqda.

Vaholanki, OTM professor-öqituvçilari qonunan vaqtbay emas, işbay şaklida faoliyat körsatişadi. Bu ularning öz ustida işlaşlariga salbiy ta'sir qilmoqda.

Doktorantlarning işxonada kun ötkazişi ularning ilmiy rejalarini bajarişlariga monelik qiladi. Erkinlik darsni taşkil etiş masalalarini ham qamrab olişi kerak.

3. Oliy ta'limda ortiqça qoğozbozlikdan voz keçib, raqamli boşqaruv tizimini takomillaştiriş kerak

Ortiqça qoğozbozlik işning kölami va sifatini «xaspöşlab», xodimlarni va muassasalarni işlayotgandek körsatişgagina xizmat qilmoqda.

Rahbarlar va professor-öqituvçilar qoğozbozlikka öralaşib qolib, özlarini ham, jamiyatni ham aldaşmoqda.

Öqituvçilar bir belgini 4–5 turdagi qoğozda aks ettirişga majbur bölişmoqda. Masalan, dars mavzusi elektron jurnalda, moodle platformasida, guruh jurnalida, kalendar rejada aks ettiriladi. Ba'zan kafedra jurnalida ham qayd etiş talab qilinadi. Aynan dars jarayonida talabalarni baholaşda elektron jurnal bilan işlaş uçun şaroit yaratilişi lozim.

4. OTM professor-öqituvçilarini davlat mukofotlariga tavsiya etiş tizimini yaratiş zarur

Oliy ta'lim professor-öqituvçilari davlat mukofotlariga negadir maktab öqituvçilariga qaraganda kamroq tavsiya etiladi. Holbuki, ular orasida fidoyi ustozlar juda köp.