«Talabani zerikarli leksiyada ötirişga majburlaş kerak emas» – nemis eksperti Özbekistondagi oliy ta'lim haqida
|13:42 / 18.03.202023 0079 min
«Ta'limda faqat boşqaruv şaklini özgartiriş şart emas. Birinçi navbatda mentalitetni, ta'limga qaraşlarni özgartirişingiz talab etiladi».
Bastinian Bauman – Yevropa sifat kafolati agentligi boşqaruvçi direktori. Bundan taşqari, ayni paytda Özbekistonda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi rahbarining xalqaro maslahatçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
U Belarus, Misr, Ozarboyjon, Qozoğiston kabi davlatlar ta'lim tizimi islohotlariga katta hissa qöşgan xalqaro ekspert hisoblanadi.
Kun.uz muxbiri Bastinian Bauman bilan bugungi Özbekiston oliy ta'lim tizimidagi özgarişlar, muammolar va qilinişi kerak bölgan işlar haqida suhbatlaşdi.
– Xalqaro ekspert sifatida Özbekiston oliy ta'lim tizimiga qanday baho berasiz?
– Fikrimça, bu tizim Özbekistonda ötiş davrini boşdan keçiryapti. Juda köp yoşlarning oliy ta'lim olişga xohiş bildirayotgani ham ijobiy hodisa. Lekin ularning hammasiga öqiş uçun şaroit yaratib bera oliş – bajarilişi kerak bölgan muhim vazifalardan biri sifatida qolmoqda.
Ayni paytda mehnat bozori talabini ham bajarişingiz kerak. Buning uçun esa oliy ta'limni tugatib, mehnat bozoriga kirib borayotgan yoşlar yetarli malakaga ega bölişlari talab etiladi.
Bugun Özbekistonda men körayotgan ijobiy hodisa – mas'ullar tomonidan amaliy islohotlarning qilinayotganidir. Va öylaymanki, Özbekiston ayni şu kabi özgarişga muhtoj.
Şuningdek, ta'limda faqat boşqaruv şaklini yoki strukturasini özgartiriş şart emas. Birinçi navbatda mentalitetni, ta'limga qaraşlarni özgartirişingiz talab etiladi.
Biroq bu birdan sodir böladigan narsa emas, ma'lum vaqt va sabr talab qilinadi. Lekin, menimça, Özbekiston hozir töğri yölda.
Salbiy holatlarga töxtaladigan bölsak, albatta, muammolar bölişi tabiiy.
Mavzuga oid
Masalan, oliy ta'lim hali ham markazlaşgan boşqaruv şaklida qolmoqda. Universitetlarga juda kam mustaqillik berilgan. Köp narsa universitetlarga detallarigaça vazirlik tomonidan aniq belgilab beriladi.
Universitetlar öz şaroitidan kelib çiqib jadval şakllantira olişmaydi. Bu narsa mehnat bozori talablariga tezlik bilan moslaşişga tösqinlik qilmoqda. Çunki ba'zida universitetlar mehnat bozori talablariga juda tezlik bilan javob qaytarişlariga töğri keladi.
Biroq faqatgina mustaqillik beriş bilan bu muammoni hal qilib bölmaydi. Çunki odamlar bu mustaqillikni işlatiş könikmasiga ham ega bölişlari zarur.
Mustaqil bölgandan söng universitet menejmentida va boşqa masalalarda nimani özgartirişni biliş ham muhim.
– Joriy yil boşidan 10ta OTM bosqiçma-bosqiç özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötdi. Endilikda ularning oldida turgan vazifalar qanaqa bölişi kerak?
– Oliy ta'lim tizimida moliyaviy, akademik kabi bir neça mustaqillik turlari bor. Moliyaviy mustaqillik berilişi, menimça, töğri qadam.
Agar OTMlarga moliyaviy mustaqillik berilişi menejmentni töğri yönaltiriş bilan hamohang bölsa, ular bemalol moliyaviy jihatdan özlarini özlari mustaqil boşqara oladilar.
Biroq universitetlarga mustaqillik berilgandan söng ular ta'lim sifatini strategik jihatdan rivojlantira olişi – eng katta masala.
Bu örinda ta'lim sifati nazoratçisi sifatida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasiga ham ehtiyoj seziladi.
Biroq sifatni ta'minlaşda faqat inspeksiya tavsiyalari yetarli bölmaydi. OTMlarning yuqori ta'lim sifatiga erişişida içki nazorat yuqori bölişi va har bir xodim mas'uliyat his qilişi muhim.
Va bu mentalitetga aylanişi kerak. Masalan, har bir öqituvçi, boşqaruv tizimidagi har bir xodim «Men ta'lim sifatiga har kunlik iş faoliyatim davomida mas'ulman», deb yaşaşi kerak.
– Özbekiston OTMlarida işlayotgan öqituvçilar akademik darajasi, bilimiga qanday baho berasiz? Ular sifatli ta'lim berişi uçun doimiy öz ustilarida işlaşi va izlanişlari uçun qança oylik maoş yetarli bölişi mumkin, deb öylaysiz?
– Albatta, har qanday işda ham oylik maoşi heç qaçon yetarli bölmaydi. Biroq xodimni ruhlantiradigan rağbat bölişi kerakligi haqidagi fikr töğri.
Yaxşi öqituvçi mehnatiga yaraşa yaxşi maoş olişi kerak.
Ayrim davlatlarda öqituvçilar individual tarzda baholanadi. Bunda ularning qançalik yaxşi dars bera olişi, qança izlaniş olib borişayotgani kabilar inobatga olinadi. Agar bularning hammasi yaxşi bajarilayotgan bölsa, öqituvçilar qöşimça mukofot olişadi. Bu pul yoki xalqaro konferensiyalarda iştirok etiş imkoniyati tarzida bölişi mumkin.
Albatta, rağbat öqituvçilarga faqat maoş bilan emas, balki boşqa körinişlarda ham berilişi mumkin.
Menimça, hamma yerda 2 toifadagi: öz işini yaxşi köradigan va öqitişdan allaqaçon zerikkan öqituvçilar bor. Lekin öqituvçilarning oçiq fikrli bölişi va nimani öqitişdan köra talaba nima örganayotganiga köproq e'tibor qaratişlari muhim.
Çunki örganiş öqitişdan köra qimmatliroqdir.
Öqituvçilarning vazifasi aynan örganişni osonlaştirişdan iborat bölişi kerak.
Talabalarning imtihonda ma'lumotlarni qiyinçilik bilan yod olişi va takrorlaşi emas, balki kurs tugagandan söng ularning qölidan nima kelişi muhim bölişi kerak.
Şuning uçun ham universitet öqituvçilarining professional ösişi OTMlar uçun katta ahamiyatga ega.
– Özbekistondagi aksar davlat OTMlarida talabalar davomatini tekşiriş ustuvor bölib qolmoqda. Buni ijobiy deb biliş mumkinmi? Agar «yöq» bölsa, alternativ tarzda nimani taklif qilgan bölar edingiz?
– Bu masalada birinçi navbatda tuşuniş kerak bölgan narsa – nega talabaning darsda yöqligi.
Agar talaba işlaşi kerak va doimiy darsga kelişga qurbi yetmasa, unga moliyaviy yordam beriş yölini topiş kerakdir?
Agar mabodo leksiya zerikarli bölsa, yeçim talabani darsga kelişga majburlaş bölişi kerak emas, balki sifatni oşirişga harakat qiliş kerak.
Va yana talaba darsga kelmasdan turib ham imtihondan öta oladimi yoki uyda özi mustaqil mavzuni özlaştira oladimi kabi javob topilişi kerak bölgan savollar paydo böladi.
Bu holatda faqatgina talabani darsda qatnaşişga majburlaş emas, balki muammoning mohiyatini örganiş zarur.
Ehtimol, masalan, men talaba sifatida qaysidir öqituvçining leksiyasini zerikarli deb topsam va unga qatnaşişni xohlamasam ham, uyda mustaqil fanni özlaştirib, imtihondan öta olsam, nega menda bunday imkon bölmasligi kerak?
– Ta'limga biznes sifatida qaraş – Özbekiston uçun yangi trend. Xususiy universitetlar oçiş va xususiy universitetlarda öqiş tuşunçasi ommalaşmoqda. Bu borada nimalarga köproq urğu va e'tibor beriş kerak, deb öylaysiz?
– Men ta'limning asosiy qismi davlat tomonidan moliyalaştiriladigan mamlakat – Germaniyadanman. Bu mening mavzuga qaraşimda ustuvor rol öynaydi.
Biroq men, birinçi navbatda, oliy ta'lim olişni xohlagan har bir yoş öqişi kerak, degan fikrdaman.
Bundan taşqari, ayni paytda Özbekistonda faqat davlat universitetlari orqali yoşlar ehtiyojini qondiriş, ularni ta'lim bilan qamrab oliş imkoni yöq.
Özbekiston xalqaro reytinglarda ham oliy ta'lim qamrovi böyiça past körsatkiçni qayd etmoqda. Şunday ekan, uzoq muddatli yeçim topiş öz yöliga, biroq qisqa muddatda muammoni qanday hal qiliş mumkin?
Agar sifatli ta'lim bera olsa, xususiy ta'lim beruvçilar masalaga yaxşi yeçim böla oladi.
Biroq bu borada mexanizmni töğri şakllantiriş zarur: agar xususiy ta'lim muassasasi yaxşi öqitsa, bunda xavotir oladigan heç narsa yöq, agar aksinça, ta'limdan faqat biznes qilişni xohlovçilar bölsa, ular heç qanaqa yordam bera olişmaydi.
Bu örinda ta'lim sifatining içki va taşqi nazorati strategiyasini işlab çiqiş muhim. Agar öqitiş sifati yaxşi bölmasa, talaba öqişni tugatgandan söng özida bor malaka bilan iş topa olmasa, u holda xususiy ta'lim muassasalari faoliyatini sintez qilib boriş kerak böladi.
– Xalqaro ta'lim eksperti sifatida Özbekistonda oliy ta'lim sifatini oşiriş va talabalarni qöllab-quvvatlaş mexanizmini yaxşilaş uçun yana nimalarni maslahat bergan bölardingiz?
– Menimça, birinçi navbatda tanlagan yölingizda davom etaverişingiz kerak. Bundan taşqari, universitetlarga köproq mustaqillik va öz jadvallarini şakllantirişda erkinlik beriş kabilarga ham e'tibor qaratiş zarur.
Va bular, eng avvalo, ta'lim sifatiga nisbatan mas'uliyat bilan hamohang bölişi zarur.
Balki, Özbekistonda keyinçalik mustaqil ta'lim sifatini baholaş agentliklari ham faoliyat boşlar.
Lekin e'tibor har doim faqat talabalarga qaratilgan bölişi kerak. Talabalar nimani örganyapti, ularning malakasi qanday va bitirgandan söng yöllarini topa olişadimi?
Agar şularga e'tibor berilsa, mehnat bozori va iqtisodiyot uçun ham, davlat taraqqiyoti uçun ham yaxşi natijalar beradi.