Respublika oliy ta'lim kengaşi a'zosi Xuşnudbek Xudoyberdiyev xususiy oliy ta'lim muassasalari oçiş istagida bölgan tadbirkorlarni rağbatlantiriş uçun davlat tomonidan aksiya e'lon qiliş taklifini berdi.

«Davlat uzoq yillar xususiy oliy ta'limga qarşi bölib kelgan. Hamma narsani davlat öz nazoratiga oladi, hammasini davlat öqitadi, deyilgan. Xususiy oliy ta'limga duşmandek qaralgan. Davlat na özi eplay olgan, na talabalar kontraktini xarajatlarni qoplaydigan darajada belgilaşga ruxsat bergan, na yetmayotgan summani özi oşiği bilan tölab bergan, na özim öqitaman, bozor şaroitida zör sifat qilaman degan tadbirkorga ruxsat bergan.
Hozir xususiy oliy ta'lim muassasalari ança köpaydi. Bu pandemiya şaroiti bölgani uçun kuzatilyapti. Ammo pandemiya ötkinçi davr. Juda köp resursni pandemiya davridagi muammolarga qaratyapmiz. Pandemiya ötib ketgaç, yana özimizning eski muammolarimiz bilan qolamiz.
Xususiy oliy ta'lim muassasalari uçun davlat aksiya e'lon qilsin. Xuddi maktabgaça ta'lim taşkilotlari uçun qilinganidek. Kim xususiy oliy ta'lim muassasasi oçmoqçi bölsa, davlat mana bunday imtiyozlar, imkoniyatlar beradi, deb e'lon qilinsin. Kerak bölsa, böş turgan kollej binolari ajratib berilsin. Bu ommaviy, oçiq bölişi kerak.
10ta, 100ta yoki 1000ta talabgor kelişi mumkin. Ularning qançasi eplab ketişini bilmaymiz. Lekin hozirgi botqoqdan çiqib ketiş uçun bizga qöşimça kuçlar kerak. Davlat faqat «men-men» deb, eplay olmayapti. Biz juda boy davlat ham emasmiz. Şuning uçun yordamçi kuçlar – tadbirkorlar va xususiy sektordan foydalaniş lozim», dedi Xudoyberdiyev Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining oliy ta'lim tizimidagi muammolar muhokamasiga bağişlangan davra suhbatida.
Huquqşunos hozirda xususiy oliy ta'lim muassasasi oçmoqçi bölganlar uçun qator byurokratik tösiqlar mavjudligini qayd etib ötdi.
«Hozir bu jarayonni oson deganimiz bilan savollar köp. Tadbirkor inspeksiyaga borsa, rad javobini oladi, Vazirlar Mahkamasi qarori uçun qayerga boriş kerakligini bilmaydi. Vazirlik mening vakolatim emas, deydi. Xullas, bir dunyo eşikka borişi kerak. Agar aksiya taşkil qilsak, ança-munça foydasi tegadi», deya Xuşnudbek Xudoyberdiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq huquqşunos oliy ta'lim muassasalarining xarajatlari rektorlar tomonidan oçiq e'lon qilişi lozimligini aytgani xabar










