01:04 / 02.03.2021
3767
Kongoda noma'lum kasallikdan 15 kishi vafot etdi
Foto: EPA

Kongo Demokratik Respublikasida oxirgi haftalarda qariyalar orasida noma'lum kasallikdan 15ga yaqin o‘lim holati qayd qilindi. 

Agence France-Presse agentligining xabar berishicha, 60 yoshdan 80 yoshgacha kishilarning o‘limiga olib kelgan kasallik sababi hozircha aniqlanmagan. 

Kvango provinsiyasi gubernatori Jan-Mari Petining ta'kidlashicha, kasallik bosh og‘rig‘idan boshlanib, so‘ngra og‘riq butun tana bo‘ylab seziladi. Shundan keyin nafas olish bilan bog‘liq muammolar kuzatilib, bir qator holatlarda kasallik o‘lim bilan yakunlanadi.

Kasallikning tarqalishi o‘chog‘i Angola bilan chegaradagi Kasongo-Lyunda tumanida joylashgan. Birinchi kasallangan fevral boshida aniqlangan. Vafot etganlar to‘qimalari namunalari poytaxt Kinshasadagi ilmiy markazga o‘rganish uchun yuborilgan.

Top